Namangan Institute of Engineering and Technology




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/693
Sana13.05.2024
Hajmi15,56 Mb.
#228860
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   693
Bog'liq
Тўплам

Namangan Institute of Engineering and Technology 
nammti.uz 
10.25.2023
Pg.318 
tovar 8705 20 000 0 kodi ostida tasniflanishi kerak bo‘lgan – burg‘ulovchi, maxsus transport 
vositalari. O‘tkazilgan bojxona espertizasi natijalariga ko‘ra qo‘shimcha to‘lovlar hisoblab berilgan, 
chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yildagi PF-3818-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish va O‘zbekiston bojxona-tarif 
tartibga solish tizimini takomillashtirish” Farmoniga asosan 8426 41 tovar pozitsiyasi uchun stavkasi 
nolga teng, 8705 20 pozitsiya uchun esa bojxona to‘lov stavkasi 5% deb belgilangan. Bundan tashqari 
8705 20 tovar pozitsiyasidagi motorli transport vositalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 02.06.2020 yildagi 347-son Qarori asosida utilizatsiya yig‘imi EKIXning 195 dan 550 
gacha teng. 
2. “GAZ 33106 asosida chig‘ir va gidromanipulyator bilan jihozlangan avtoevakuator” 
transport vositasiga deklaratsiya topshirayotganda deklarant tomonidan noto‘g‘ri TIF TN kodi 
belgilangan 8426 91 900 9 (avtotransport vositalarida montaj ishlari uchun mo‘ljallangan boshqa 
mexnizmlar, boshqalar). Biroq, tovarni xarakteristikalarini hamda TIF TNning sharhlari va izohlarini 
yaqindan o‘rganilgan vaqtda “avariyaviy holatdagi transport vositalarini ko‘tarish va shatakka 
olishga mo‘ljallangan burilmas kranlar, eshaklar, to‘smalar va chig‘irlar kabi ko‘taruvchi moslamalar 
bilan jihozlangan pol va polsiz avtomobil shassi ko‘rinishidagi yuk tashuvchi avariyaviy atomobillar” 
8705 tovar pozitsiyasi ostida tasniflanadi. Shuning uchun, tovarni 8705 90 800 1 kodi ostida 
deklaratsiya qilish kerak (maxsus maqsadli motor-transport vositalari, boshqalar, avariyaviy yuk 
tashuvchi atomobillar). Deklarant tomonidan berilgan kodga stavkasi nolga teng bo‘lgan bojxona 
to‘lovi ko‘zda tutilganligi, 8705 90 800 1 kodi uchun esa bojxona to‘lovi stavkasi 30%, bundan 
tashqari QQSdan ozod etilish ko‘zda tutilmaganligi hamda utilizatsiya to‘lov miqdori EKIXning 195-
500 gacha etib belgilanganligini inobatga olgan holda, ekspertiza natijalariga ko‘ra qo‘shimcha 
bojxona to‘lovlari hisoblandi. 
Bu amaliyotda uchrab turadigan noto‘g‘ri tovar mahsulotlarini tasniflanishining umumiy 
hajmidan keltirilgan bir nechta misollar.
TIF TNning 87-guruh tovarlarini espertizadan o‘tkazishda asosan organoleptik va axborot-
tahliliy usullardan foydalanildi. 
Shuningdek, yuqorida keltirilgan holatlarda, BYUDda maxsus avtotransport vositalarining TIF 
TN kodi noto‘g‘ri tasniflanganligi oqibatida jami 4,42 mlrd.so‘m miqdorda bojxona to‘lovlari 
hisoblanib undirildi. 
TIF TN asosida maxsus avtotransport vositalarining avtomatlashtirilgan tasniflash tizimi 
iqtisodiy samaradorligi TIF ishtirokchisilar tomonidan TIF TN import asosida rasmiylashtirilayotgan 
maxsus transport vositalarining texnik parametrlarini aniq kiritilishi, TIF TN kodini to‘g‘ri tasniflash 
hamda bojxona organlari mutaxassislari tomonidan bojxona nazorati ko‘rigi jarayonida xato va 
kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, belgilangan to‘lovlarni to‘g‘ri qo‘llash muhim hisoblanadi. 

Download 15,56 Mb.
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   693




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan Institute of Engineering and Technology

Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish