|
Intellektual kuch modullari Pdf ko'rish
|
bet | 647/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламIntellektual kuch modullari
Harakat kontrollerlari va kuchli o`zgartirirgichlarni integratsiyalashga qaratilgan boshqaruv
modullarni intellektuallashtirish usullari va yo`llarini ko`rib chiqamiz. Bunday yechimlar
komponentlari bir-biridan katta masofada joylashgan ko`p o`lchamli boshqaruv tizimlar uchun
maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday holda boshqarish sistemasini bitta kompyuter bazasida
amalga oshirish qiyin yoki umuman texnik jihatdan mumkin bo`lmaydi. Chunki uzoq masofalarga
signallarni uzatish va qabul qilish texnik jihatdan mumkin emas (masalan, oddiy RS-232 protokoli
ma`lumot va signallarni faqat 9,15 m masofaga uzata oladi).
Bunday tizimlarda har bir modulni boshqarish bloki o`zgartirgich korpusiga yoki
elektrdvigatelning klemma korobkasiga o`rnatilgan bo`ladi. Bunaqa modullarni intellektual kuch
modullari (IKM) deb ataymiz.
IKMlar yangi avlod yarim o`tkazgichli asboblar bazasida yasaladi. Bunaqa asboblarning
tipik namoyondalari dala kuchli tranzistorlari (MOSFET), bipolyar tranzistorlar (IGBT), dala
boshqaruvli yopiladigan tiristorlar (MST). Yangi avlod asboblar tezkorligi (IGBT tranzistorlar uchun
kommutatsiyalash chastotasi 50 kGts gacha, MOSFET tranzistorlari uchun - 100 kGts) va
kommutatsiya qilinadigan tok kuchi va kuchlanishi (IGBT uchun chegaraviy tok kuchi – 1200 A
gacha, chegaraviy kuchlanish – 3500 V gacha) hamda boshqarishuchun kichik quvvatlari bilan
ajralib turadi.
IKM tarkibiga kuchli elektronikaning an`anaviy asboblari (kuchli tranzistorlar yoki tiristorlar
va diodlar bazasida qurilgan kalitlar) dan tashqari mikrelektronika elementlari ham kiradi. Ular
intellektual funktsiyalarni: harakatni boshqarish, avariya rejimida himoyalash va nosozliklarni
diagnostikalash ishlarini bajarishga mo`ljallangan. Boshqaruv modullarning yuritma qismida
IKMlarning ishlatilishi kuchli o`zgartirgichlarning massogabaritlarini ancha kamaytirish, ularning
ishi ishonchligini oshirish va texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlarini yaxshilash imkonini beradi.
|
| |