|
Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz Pdf ko'rish
|
bet | 644/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq Тўплам Аннотация:
В
данной
тезис
освещается
работа
по
формированию
предпринимательских навыков у молодых людей, поддержке их бизнес-идей и оказанию
содействия в предоставлении льготных микрокредитов. Ключевые слова: Молодежь, идея,
государственная
политика,
бизнес,
предпринимательство,
животноводство,
животноводство, птицеводство.
Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarish kadrlari iqtisodiyot tarmoqlarining istiqboldagi
ehtiyoji, imkoniyati va resurslarini hisobga olmagan holda kasbga tayyorlanayotgani va qayta
tayyorlanayotgani oqibatida mehnat bozorida ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar
taqchilligi sezilmoqda.
Yoshlar bandligi ijtimoiy barqarorlikning muhim shartidir. Aholisining 60 foizini yoshlar
tashkil etgan mamlakatimizda ishsizlik muammosini bartaraf etish, yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish uchun hukumat miqyosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar
quyidagilardir:
* yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, yangi ish
o‘rinlarini yaratish sohasida ish olib borayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy
hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
* kichik tadbirkorlik sub’ektlariga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik bilan
shug‘ullanuvchi yoshlarning shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni
rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etishlari, urug‘liklar, ko‘chatlar, chorva mollari va
parrandalar, qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalari, sug‘orish moslamalari (nasoslar, artezian
quduqlari va boshqa.) xarid qilishlari uchun mikrokreditlarni koʻproq ajratish;
* Ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar va
mutaxassisliklarga professional o‘qitish uchun qisqa muddatli kurslar sonini ko‘paytirish va sifatini
oshirish;
* oilaviy biznesni tashkillashtirish va rivojlantirish, bozor, talab va taklifni o‘rganish, shunga
qarab mahsulot ishlab chiqarish, maishiy xizmatning yangi turlarini joriy qilish, ichki bozorni
yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan to‘ldirish, oila byudjetini shakllantirish, oilaviy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar va ayollar, mehnat bilan band bo‘lmagan aholi
qatlamining tadbirkorlik ishini yo‘lga qo‘yishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish;
* yoshlar turizmini rivojlantirish, turizm sohasiga innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish,
turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish bo‘yicha yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash;
* yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolliginioshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish,
yoshlarning turizm sohasidagi istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish, xususiy
tadbirkorlar, milliy hunarmandlar, gidlar, ekskursovodlar va yo‘l ko‘rsatuvchi instruktorlar
tayyorlash asosida yoshlar bandligini ta’minlash; * yosh tadbirkorlar va yangi biznes boshlash
tashabbusi bilan chiqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
* yosh tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikda faoliyat olib borishda
bir-biriga ko‘maklashishi uchun sharoit yaratish;
|
| |