|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 642/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.592
qandolat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish, asalarichilik,
parrandachilik, baliqchilik va boshqa turli xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish sohalari
rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlarning ikki muhim jihati e’tiborli, ya’ni birinchidan, yoshlarni
kasbga yo‘naltirish, har tomonlama zamonaviy, malakali kadrlar sifatida tarbiyalash, ikkinchidan,
yoshlar bandligi, ularni ish bilan ta’minlash, o‘z bizneslarini yuritishlari uchun qulay shart-sharoit
yaratish.
Yoshlarni ta’lim bilan to‘liq qamrab olish orqali bandlikni ta’minlash muhim o‘rin tutadiki,
zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan, bozor iqtisodiyoti, “huquqiy davlat mazmun-
mohiyatini tushungan malakali kadrlar ertangi kunning hal qiluvchi kuchiga aylanadi. Zero,
mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiy yuksalishida yoshlarni o‘qishga, ishga joylashtirishning
ahamiyati katta. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish orqali yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldi
olinadi, shuningdek, yoshlarning kelajakka ishonchi mustahkamlanadi.
Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning ishchanlik faolligi va tadbirkorlik
tashabbuslarini rag‘batlantirish, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat
xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan qator normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa ham, ayrim hududlardagi mehnat bozorida yuqori darajada
keskinlik saqlanib, doimiy ish o‘rinlarini tashkil etish, yoshlar, xotin-qizlar, qishloq va tumanlarda
kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga
solish to‘liq hal etilmayotir. Ishga joylashtirish bo‘yicha aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun
kredit, moliyaviy, maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi
pastligicha qolmoqda.
|
| |