Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet641/693
Sana13.05.2024
Hajmi15,56 Mb.
#228860
1   ...   637   638   639   640   641   642   643   644   ...   693
Bog'liq
Тўплам

Annotation: This tezis covers the work carried out on the formation of entrepreneurial skills 
in young people, support of their business ideas and assistance in providing preferential 
microloans, their formation of entrepreneurial skills. Keywords: Youth, IDEA, Public Policy, bisnes, 
entrepreneurship, horticulture, livestock, poultry. 
 Аннотация: 
В 
данной 
тезис 
освещается 
работа 
по 
формированию 
предпринимательских навыков у молодых людей, поддержке их бизнес-идей и оказанию 
содействия в предоставлении льготных микрокредитов. Ключевые слова: Молодежь, идея, 
государственная 
политика, 
бизнес, 
предпринимательство, 
животноводство, 
животноводство, птицеводство.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini 
rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, soha rivojida yoshlarning muhim va salmoqli hissasi 
bor. Bugungi kunda yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes g‘oyalarini 
qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli mikrokreditlar bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularni 
tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda. Bu esa 
yoshlar bandligini ta’minlanishi, moddiy farovonlik va iqtisodiy mustaqillikka erishilishiga
“boqimandalik” kayfiyatining “zamon bilan hamnafaslik” ruhiga o‘zgarishiga olib kelmoqda. 
Yoshlar jamiyatning eng faol qatlami hisoblanib, ular ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga sabab 
bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi eng salohiyatli kuchdir. Harakatlar 
strategiyasi doirasida “Yoshlar – kelajak bunyodkori”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Aqlli 
shahar” kabi keng kamrovli dasturlarni amalga oshirishda tashabbuskor, har bir masalaga 
yangicha yondashadigan yoshlarning ishtirokining ta’minlanishi ham bejiz emas. Mamlakatimizda 
aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish, bo‘sh va 
kvotalanadigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zini o‘zi band 
qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlar2 yoshlar va yosh 
oilalarni ijtimoiy himoya qilish masalasi hukumat darajasida muhim va ustuvor yo‘nalishga 
aylanmoqdaki, banklar tomonidan imtiyozli kreditlar berilishi ortidan 184300 dan ziyod yoshlar 
ish bilan ta’minlandi.
Shu o‘rinda yurtimizda aholining ijtimoiy zaif qatlami farovonligini oshirish, ularning 
turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shartsharoitlarni qayd etish joizki , kam ta’minlangan 
oilalarning arzon uy-joy bilan ta’minlanishi, ularga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, maishiy texnika 
va uy hayvonlarini sotib olishlari uchun foizsiz kreditlar ajratilishi, ayniqsa, nogironlar bandligini 
ta’minlagan tashkilotlarga soliq va kredit imtiyozlar berilishi shular jumlasidandir.
Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi yildanyilga takomillashib 
borayapti. Maishiy xizmat ko‘rsatish, servis xizmati, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish



Download 15,56 Mb.
1   ...   637   638   639   640   641   642   643   644   ...   693




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz

Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish