|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 638/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.589
berilgan [2]. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda xom ipak ishlab chiqarishni koʻpaytirish va
samaradorligini oshirish, jumladan, pillaga dastlabki ishlov berishda, pilla gʻumbagini
jonsizlantirish va pillani quritish jarayonlari parametrlarini optimallashtirish va unda
qoʻllaniladigan uskunalarni mexatronik tizim orqali nazorat qilish va boshqarish bugungi kunda
pilla sanoatidagi dolzarb muammolardan sanaladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga
moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” PF-60-sonli Farmoni [2],
“Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi 2020-yilning 17-yanvardagi PQ-4567-sonli [3] va “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta
ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019-yil 31-iyuldagi PQ-
4411-sonli qarorlari [4] “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi 2023-yil 24-fevraldagi PQ-73-sonli qarorlari [5] va hamda mazkur faoliyatga tegishli
boshqa mayoriy – huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot
muayyan darajada xizmat qiladi.
Muammo qoʻyilishi. Pillachilik tarmog‘ining eng dolzarb muammosi yuqori navli
raqobatbardosh pilla hamda ipak tolasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Ushbu vazifalarni
mavaffaqiyatli amalga oshirish uchun pillaga birinchi ishlov berishi korxonalarini texnik jihatdan
qayta qurollantirish, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, yangi materiallardan foydalanish
shu bilan birga texnologik jarayonlarni yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Pillani quritishda (g‘umbakni
jonsizlantirish) qobiqning havo va suv o‘tkazish xususiyatlari muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga
pilla qobig‘ining texnologik xususiyatlarini saqlab qolishda quritish jarayonini ta’siri katta.
Ipakning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlari pillalarni quritish hamda saqlash sharoitiga
bog‘liq. Seritsin taxminan 70
0
C haroratli suvda, kislota va asosli eritmalarda eriy boshlaydi; ayrim
fermentlar ta’siriga chidamsiz; mikroorganizmlar ta’sirida esa yemiriladi. Seritsinning suvni
shimuvchanlik va eruvchanlik ko‘rsatkichlari pilla iplarining chuvaluvchanlik xususiyatlariga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Tayyorlov punktlarida qabul qilingan tirik pillalardan kapalak uchib chiqishi
pillalarni chuvishga yaroqsiz holatga keltiradi. Shuning uchun dastlabki ishlov jarayonlarida tirik
pilla g‘umbagini jonsizlantirilib, so‘ngra soyali maskanlarda quritish kerak. Tirik pilla tarkibida 80 %
namlik bo‘ladi. Bunday namlikka ega bo‘lgan pillalarni g‘umbagi jonsizlantirgandan so‘ng saqlab
bo‘lmaydi, chunki g‘umbak mog‘orlab ketadi. Quritilgan pilla esa chuvish korxonalarida kelgusi
mavsum pillalari keltirilgunga qadar yil mobaynida chuviladi. Pillalarni quritish (g‘umbagini
jonsizlantirish) jarayonida o‘zaro issiqlik va namlik almashinishi qobiq orqali amalga oshadi.
Chunki pillalarni chuvish seritsinning yumshashi va issiq suvda erish xususiyatiga asoslangan [6].
|
| |