Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.588
chiqilgan. Maqoladan shunday yechim qildikki, pilla tolalarini ishlab chiqishda energiya va
qurilmalardan unumli foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi.
Tayanch so‘zlar: Pilla g‘umbagi, usul, elektrotexnologiya, jonsizlantirish.
Ipak tolalarini ishlab chiqarishning dolzarbligi va zarurati. Jahonda to‘qimachilik
sanoatining hom-ashyo bazasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, nafis va mayinligi bilan ajralib turadigan
ipak tolasi dunyo bozorida o‘z haridorlariga ega va u boshqa tolalarga
nisbatan qimmatbaho
hisoblangani uchun ham ularni ishlab chiqarish va tan narhini kamaytirish va tabiiyligini saqlab
qolish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Xozirgi kunda dunyo to‘qimachilik bozorida
ipakning ulushi juda kichik – 0,2% dan kam. Bu borada dunyoning 60 mamlakatida ipak ishlab
chiqariladi. Eng yirik ipak ishlab chiqaruvchi va jahon bozoriga yetkazib beruvchi mamlakatlar
Xitoy va Hindistondir. Jahon ipagining o‘ndan
bir qismini Braziliya, Shimoliy Koreya, Tailand,
O‘zbekiston va Vetnam ishlab chiqaradi. Ipakchilik sohasi qishloqlar aholisini ish bilan
ta’minlashga yordam beradi va yaxshi maoshli ish o‘rinlari bilan ta’minlash orqali katta
shaharlarga aholi migratsiyaning oldini oladi, katta sarmoyalarni talab qilmaydi va to‘qimachilik
sanoati uchun qimmatbaho bo‘lgan ipak xomashyosini etkazib berish masalalariga alohida e’tibor
qaratilmoqda [1].
Jahon bozorida o‘rni va nufuzi yuqori bo‘lgan ipak etishtiruvchilari mavjud imkoniyatlardan
to‘la foydalangan holda ipak ishlab
chiqarishni sanoatlashtirish, mahsulot xajmini oshirish,
tannarxini kamaytirish va xom pillaga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonlarida ipak sifat
ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda, jumladan, ipak qurti ozuqa bazasini kuchaytirish,
qurt boqish va pilla terish hamda uni dastlabki ishlash, xususan, pilla g‘umbagini jonsizlantirish
hamda pillani quritishning resurstejamkor va inson omilini kamaytiradigan
usul va vositalarini
yaratish bo‘yicha tadqiqotlar ustivor hisoblanmoqda. Shu bilan birga, ipak qurtini takroriy boqish
orqali pilla etishtirish xajmini oshirish, sanoatda pilla etishtirishni keng tadbiq qilish, pillani saqlash
va etkazib berishni yangi usul va uslublarini ishlab chiqish, xom ipak sifatini yaxshilashga qaratilgan
hamda pilla chuvishning ratsional rejimlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar
dolzarb vazifalardan hisoblanmoqda.
Ipak yetishtirish juda sermashaqqat, inson omili koʻp ishtirok etadigan, qoʻl mehnati, vaqt
va sarf-xarajat hamda bilim va malaka talab etadigan, nozik jarayondir. Dunyo bozorida oʻrni va
nufuzi yuqori boʻlgan ipak yetishtiruvchilari mavjud imkoniyatlardan toʻla foydalangan holda ipak
ishlab chiqarishni sanoatlashtirish, maxsulot xajmini oshirish, tannarxini
kamaytirish va xom
pillaga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonlarida ipak sifat koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir
etuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratmoqdalar. Bu borada,
ipak qurti ozuqa bazasini kuchaytirish, qurt boqish va pilla terish hamda uni dastlabki ishlash,
xususan, pilla gʻumbagini jonsizlantirish hamda pillani quritishning resurstejamkor va inson
omilini kamaytiradigan usul va vositalarini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda pillachilik
sohasini rivojlantirish, ipak mahsulotlari
assortimentini kengaytirish, shuningdek, pillachilik tarmogʻi
korxonalarining eksport va
investitsiya faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 —
2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” PF-60- sonli
Farmonida, xususan, “...toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga
koʻpaytirish, ...mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish, ...sanoat tarmoqlarida
yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish” vazifalari belgilab