|
NAMANGAN SHAHAR ATROFI YO‘NALISHLARDA YO‘LOVCHILAR OQIMININGBog'liq Мамиров У, Атаханов, Устабоев АNAMANGAN SHAHAR ATROFI YO‘NALISHLARDA YO‘LOVCHILAR OQIMINING
TAHLILI
Mamirov Ulug‘bek
Namangan viloyat transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
anas_trans@mail.ru +998945044333
Ataxanov Xoshimjon
NamMQI, Katta o‘qituvchi, Atahanovh1965@mail.ru +998906403440
Ustaboyev Abdullo
NamMQI, PhD. dots. aaustaboyev@gmail.com.tel.( +998935883314)
Anotatsiya.
Maqolada
Namangan shahar atrofi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimining
tahlili usullari
bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Bunda shahar atrofi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar
oqimining tahlilini turlari va yo‘nalishlar yo‘lovchi oqimini o‘rganishning afzallik shartlari
keltirilgan.
Анотaция.
В статье представлена информatsiя о методах анализа пассажиропотока
на пригородных маршрутах Намангана. Здесь представлены виды анализа
пассажиропотока на пригородных маршрутах и предпочтительные условия для изучения
пассажиропотока на маршрутах.
Annotation.
The article provides information on methods of analyzing passenger traffic
on suburban routes of Namangan. Here are the types of analysis of passenger traffic on suburban
routes and the preferred conditions for studying passenger traffic on routes.
Kalit so‘zlar
: yo‘lovchi oqimi, korxona, muassassa ishchilari, yo‘nalish, masofa, reys,
so‘rov turlari, kuzatuv, universitetlar, maktablar, bolalar, nafaqaxo‘rlar, nogironlar, uy beklari.
Ключевые слова:
пассажиропоток, предприятие, работники учреждения,
направление, расстояние, рейс, типы запросов, наблюдение, университеты, школы, дети,
пенсионеры, инвалиды, домохозяйки.
Key words:
passenger traffic, enterprise, employees of the institution, direction, distance,
flight, types of requests, observation, universities, schools, children, pensioners, disabled people,
housewives.
Shahar transport tarmoqlarini ilmiy asoslangan loyihalash kutilayotgan yo‘lovchi
oqimlarini aniqlashni nazarda tutadi, bu esa o‘z navbatida aholi harakatining chastotasi va
yo‘nalishi bo‘yicha xarakterini aniqlashni talab qiladi. Shunday qilib, asosiy vazifa shahar
aholisining harakatlanish sonini hisoblash kerak.
Shu maqsadda butun aholi quyidagi guruhlarga bo‘linadi: shahar tashkil etuvchi korxona
va muassassalar ishchilari; xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va muassasalar ishchilari;
universitetlar va maxsus maktablar talabalari; faol bo‘lmagan aholi (bolalar, nafaqaxo‘rlar,
nogironlar, uy bekalari ).
Shahar aholisining turli yo’nalishdagi harakatlarining umumiy soni aholisining transport
harakatchanligini tavsiflaydi. Transportning harakatchanligini hisoblash yoki dala tadqiqotlarini
o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash mumkin[1-4].
Shahardagi real hayot sharoitlariga mos keladigan aholining transport harakatchanligi
to‘g‘risidagi eng aniq ma’lumotni mavjud shahar transport tarmog‘ida mavjud yo‘lovchi
o‘rganish orqali olish mumkin[5-6].
АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2023, № 1 (4)
161
Yo‘lovchilar oqimini o‘rganishning bir qancha usullari mavjud:
Aholini o‘rganish;
Shahar atrofi tadqiqotlari;
|
| |