|
Namangan muhandislik-qurilish instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 15,6 Kb. | | #237031 |
Bog'liq очик дарс 2
Namangan muhandislik-qurilish instituti
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti
«Shaharsozlik va kommunal infratuzilmani boshqarish” kafedrasi
umumiy yig‘ilishining 8-sonli majlis
BAYONIDAN KO‘CHIRMA
15.03.2023y. Namangan sh.
Qatnashdilar:
|
Kafedra mudiri PhD F.Bayboboeva, prof. Z.Buzrukov, katta o‘qituvchilar D.Xatamova va A.Abduraxmonov, stajer-o‘qituvchilar A.Koxorov, M.Turg‘unov S.Xusainov va T.Egamberdieva.
|
Kun tartibi:
5.Turli xil masalalar. Kafedra dotsenti F.Bayboboyevani 60730200 – Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi 32-33-34-35-35А-SHQKI-20 guruhlariga “Uy-joy kommunal xo‘jaligi va biznes rejalashtirish” fanidan “Uy-joy kommunal xo‘jaligida investitsion loyihalarni boshqarish biznes-rejalashtirish asosi sifatida” mavzusida o‘tilgan ochiq dars mashg‘ulotining muhokamasi.
So‘zga chiqdilar: Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra professori Z.Buzrukov so‘zga chiqib, kafedraning ochiq darslarini o‘tkazish rejasiga asosan 60730200 – Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishining 32-33-34-35-35А-SHQKI-20 guruhlarida “Uy-joy kommunal xo‘jaligi va biznes rejalashtirish” fanidan “Uy-joy kommunal xo‘jaligida investitsion loyihalarni boshqarish biznes-rejalashtirish asosi sifatida” mavzusida F.Bayboboyeva tomonidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazilganligini ma’lum qildi.
Kafedra professori so‘z olib, F.Bayboboyeva tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars jarayonida Kredit-modul tizimida akademik faoliyat turlari, lektor, tyutor, edvayzer va boshqa sub’ektlarning vazifalari, o‘quv rejalari, ishchi o‘quv dasturi, talabaning mustaqil ishi sifatini nazorat qilish bo‘yicha komissiyalar faoliyati, talabaning mustaqil ishini baholash hamda o‘zlashtirishni baholash tizimi va mezonlari xaqida batafsil ma’lumot berdi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda joriy qilingan kredit-modul tizimining muhim tomonlari va undan ta’lim tizimini sifatini ta’minlashdagi o‘rni xaqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.
U so‘zini davomida F.Bayboboyeva tomonidan mashg‘ulot rejasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mavzular yoritib berish va talabalarni faolligini oshirishda turli interfaol usullardan (Keys usuli, BBB texnologiyasi, Aqliy xujum usuli va x.k.) samarali foydalana olganligi, hamda AKT va tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollardan hamda doskadan unumli foydalana olganligi haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shundan so‘ng F.Bayboboyeva tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti majlis ishtirokchilari muhokamasiga qo‘yildi.
Muhokamada kafedra katta o‘qituvchisi D.Xatamova ham so‘zga chiqib, F.Bayboboyeva tomonidan “Uy-joy kommunal xo‘jaligi va biznes rejalashtirish” fanidan o‘tkazilgan ochiq dars ishlanmasida mavzu keng yoritib berilganligini, hamda mavzuni ochib berishda internet ma’lumotlaridan, xorijiy ta’lim muassasalarida yaratilgan o‘quv-uslubiy materiallardan unumli foydalanilganligini keltirib o‘tdi.
Shundan so‘ng kafedra o‘qituvchisi A.Kaxorov ham o‘tkazilgan ochiq dars yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ochiq dars yuqori pedagogik saviyada o‘tkazilganligini, keyinchalik mavzuga oid talabalarga ko‘proq ijodiy fikrlashga oid topshiriq va vazifalarni berishga e’tibor qaratish zarurligini aytib o‘tishdi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. F.Bayboboyeva tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti ochiq darslarni o‘tkazish talablari darajasida olib borilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. F.Bayboboyeva tomonidan “Uy-joy kommunal xo‘jaligi va biznes rejalashtirish” fanidan “Uy-joy kommunal xo‘jaligida investitsion loyihalarni boshqarish biznes-rejalashtirish asosi sifatida” mavzusi asosida o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti davomida rejalashtirilgan pedagogik maqsadga erishilganligi qayd etilsin va o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti a’lo darajada o‘tilgan deb topilsin.
Yig‘ilish raisi: Z.Buzrukov
Kotib: M.Turg‘unov
|
| |