• 2.3. Topshiriqni yaratish jarayonining ekran ko’rinishlari
  • Topshiriqni yaratish texnologiyasi




    Download 1,54 Mb.
    bet6/9
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,54 Mb.
    #245863
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    2.2. Topshiriqni yaratish texnologiyasi
    Electronics Workbench dasturlash muhitida modellashtiriluvchi sxemaning sintezi quyidagi amallar ketma-ketligidan iborat:kerakli komponentalar sichqoncha vositasida elementlar panelidan ishchi sohaga ko’chiriladi va bir-biri bilan o’tkazgichlar yordamida ulanadi.So’ngra komponentalar parametrlarining qiymatlari o’rnatiladi.
    Sxemaga kerakli virtual test uskunalari ulanadi: ossillograf,funksional generator,voltmetr,ampermetr,amplituda - chastotaviy xarakteristikani chizgich (Bode plotter), mantiqiy analizator va b. Sxemaning ishi virtual manbaga ulagich tugmachasini bosish bilan faollashtiriladi. Shundan so’ng asboblarning ekranlarida kerakli parametrlarning qiymatlarini yoki jarayonning grafik tasvirini kuzatish mumkin. Bunda tahlil natijalari, mas.VAX, AchX, ossillogrammalar keyingi laboratoriya ishini rasmiylashtirgunga qadar saqlanishi mumkin.
    Electronics Workbench dasturida Ostsxemani yaratish:

    1. ostsxemaning tarkibiga kirishi zarur bo‘lgan elementlar ajratiladi;

    2. Circuit/Create Subcircuit komandasi tanlanadi va hosil bo‘ladigan dialog oynada ostsxemaga nom beriladi va quyidagilardan biri belgilanadi.

    • Copy from Circuit – ajratilgan elementlarning faqat nusxalari ostsxemaga joylashtiriladi, ularning o‘zlari sxema oynasida qoladi;

    • Move from Circuit - ajratilgan elementlar sxemadan yo‘qotilib ostsxemaga joylashtiriladi;

    • Replace in Circuit - ajratilgan elementlarni ostsxemaga joylashtiriladi va sxemada ularning o‘rnida ostsxemaning piktogrammasi hosil bo‘ladi. Yaratilgan ostsxemalar Favorites paneliga joylashadi.


    Ularning nomlarini ostsxema belgisini Favorites panelidan sxema oynasiga surilganda hosil bo‘ladigan oynadagi ro‘yxatdan ko‘rish va keraklisini tanlash mumkin. Accept knopkasi bosilsa tanlangan ostsxema sxema oynasida hosil bo‘ladi.

    Ostsxemadan faqat joriy sxemada foydalanish mumkin. Lekin uning nusxasini almashtirish buferiga olish va boshqa sxema oynasiga qo‘yish mumkin Sxema o‘lchamlarini orttirish Zoom IN va kamaytirish Zoom Out. Zanjirning umumiy ko‘rinishini sozlaydi. O‘zgartirishlar faqat joriy zanjirga taalluqli bo‘ladi.
    EWB dasturida o‘zgaruvchan rezistorar, kondensatorlar va g‘altaklar mavjud. Ularning parametrlarini belgilarida ko‘rsatilgan klavishalarni bosish yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin. Parametrlarni sxema ishlayotgan vaqtda ham o‘zgartirish mumkin. Lekin bu holda hisoblashlarning aniqligi kafolatlanmaydi, natijalarni dasturni qaytadan ishga tushirib tekshirib ko‘rish kerak. Elementning parametrlarini o‘zgartirish uchun uning ustiga kursor olib kelinadi va sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib hosil bo‘lgan kontekst menyudan kerakli punkt tanlanadi. Bundan tashqari, elementning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosib yoki Circuit menyusidan tanlab Component Properties ost menyusini ochish mumkin. Hosil bo‘ladigan dialog panelda kerakli parametr o‘rnatiladi. Rezistorlar, kondensatorlar va induktivlik g‘altaklari uchun paneldagi Value bo‘limidan foydalaniladi. Murakkab va aktiv elementlarning, jumladan, diodlar, tranzistorlar va uzun liniyalarning parametrlari Models bo‘limidagi Default va Ideal bo‘limlarini yoki bibliotekadan elementning tipini tanlash yo‘li bilan o‘rnatiladi. Buning uchun Edit knopkasidan foydalaniladi.
    Sxema ko‘rinishining qo‘shimcha parametrlarini o‘rnatish uchun Circuit menyusining Schematic Option punkti tanlanadi (2.4-rasm). Ushbu punktdan ko‘pchilik hollarda tugunlarning tartib raqamlarini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Buning uchun Show/Hide bo‘limidagi Show nodes punkti belgilanadi.
    Buni quyidagi rasmda ko’rib o’tishimiz mumkn bo’ladi.Bu rasm Schematic options oynasi hisoblanadi va uni biz quyidagi berilgan rasmda ko;rishimiz mumkin bo’ladi.

    2.4-rasm. Sxema ko‘rinishining qo‘shimcha parametrlarini o‘rnatish (Circuit menyusining Schematic Option punkti)
    2.3. Topshiriqni yaratish jarayonining ekran ko’rinishlari
    Electronics Workbench dasturida katta sxemaning bir qismini ost sxemaga aylantirish mumkin. Buning uchun sxemaning bir qismi sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda surilib ajratiladi va Circuit menyusining Create Subcircuit punkti tanlanadi. Favorites oynasida yaratilgan ost sxemaning tasviri hosil bo‘ladi. Ost sxemalardan foydalanish murakkab qurilmaning kompakt sxemasini olish imkoniyatini beradi. Sxema oynasidagi elementlarni yangi joyga surish uchun ularning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda kerakli joyga siljitiladi. Elementlar bir-biriga simlar yordamida ulanadi. Simlarni hosil qilish uchun sichqonchaning chap tugmasi element chiqishining ustiga olib kelinadi, doira shaklidagi tugun hosil bo‘lishi bilan bosiladi va kerakli tomonga suriladi. Keyingi elementning ulanadigan tuguni ko‘rinishi bilan qo‘yib yuboriladi. Hosil qilingan simlarni sichqoncha yordamida surish ham mumkin. Sxema oynasida boshqa elementlarga ulanmagan element qolishi mumkin emas.








    Download 1,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriqni yaratish texnologiyasi

    Download 1,54 Mb.