Ilmiy uslub materialini o‘zaro tutashtiruvchi holatlar




Download 2,3 Mb.
bet36/44
Sana08.02.2024
Hajmi2,3 Mb.
#153431
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
Dilfuzaxon oya

8.2. Ilmiy uslub materialini o‘zaro tutashtiruvchi holatlar.


1.Dalillarning aniqligi, mantiiqiy asosligi, tavsifiy izchilligi ilmiy uslubning barchasi uchun muhim xususiyatdir.
2. Ilmiy terminlarining ko‘proq qo‘llanilishi bu sohaning xarakteriga mosdir.
3. Ilmiy uslubda gap bo‘laklarining tushib qolish alomati kam uchraydi.
4. Adabiy meyorga rioya qilish, gaplarning grammatik shakllanganligi bu uslubning etakchi xususiyatidir.
5. Shevachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Ilmiy uslub ilmiy faoliyat sohasiga xizmat qiladi. U - fan tili. Asosiy vazifasi g’oyalar faktlar qonuniyatlar hodisаlar va tushunchalar tizimi bilan aloqadorlikdir. Bu axborotlar isbotlangan, dalillangan va umumlashganligi, yozma nutq shaklida nomoyon bo‘lishi uning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Axborotning хolisligi va umumlashganligi, mantiqiy vap izchilligi, aniq va batafsilligi bu uslubga xosdir. Bu uslubda avtor shaxsi ifodalanmaydi, bo‘yoqdor so‘zlar uchramaydi. Har bir fan sohasiga oid shartli qisqartmalar va ramziy belgilar uchraydi. Shu fanga oid terminlar uchraydi. Albatta, ilmiy texnik bayon ilmiy matematik bayondan yoki qat’iy ilmiy bayon ilmiy-ommabop bayondan ma’lum darajada farqlanadi. Bu tafovutlar bayon qilish situatsiyasi va bayon qilish «materiali»dan kelib chiqadi. Binobarin, ilmiy-texnik, ilmiyommabop, ilmiy-ommabop matematik bayonlar ilmiy uslubning ko‘rinishlari bo‘lgani uchun, ular ilmiy uslubga xos umumiy, yaxlit xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ilmiy uslubning barcha belgi-alomatlari ularning har birida o‘ziga xo sbir shaklda takrorlanadi.
Ilmiy uslubning ilmiy-ommabop variantida yozilgan biron fanga oid kitob, maqola va leksiyalar shu fan masalalari bilan tanish bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallanganda material ularga tushunarli shaklda bayon etiladi, fikr jonli va qiziqarli tushuntiriladi, ilmiy terminlar kam qo‘llaniladi, umuman tanish bo‘lmagan termin va mavhum formulalar o‘rniga aniq tasviriy materiallarga kengroq o‘rin beriladi. Lekin ilmiy uslub bilan uning ilmiy-ommabop ko‘rinishi o‘rtasidagi bir xildagi tafovutlar ilmiy uslub tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga putur etkazmaydi. Monologik xarakterda o‘zbek ilmiy terminologiyasida oq tuproq, sariq tuproq kabi obrazli terminlar ko‘rinishidan obrazli tuyulsa ham, lekin ilmiy uslubda narsa va xodisalarni faqat nomlash uchun xizmat qiladi. Badiiy adabiyotda esa obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qilib, kitobxonga estetik ta’sir etish vositasiga aylanadi. Masalan, uchur yulduz, quyruqli yulduz kabi astronomik terminlar shular jumlasidandir.

Download 2,3 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy uslub materialini o‘zaro tutashtiruvchi holatlar

Download 2,3 Mb.