|
Namangan muhandislik-qurilish instituti shermatova dilfuza yakubjanovna
|
bet | 37/44 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #153431 |
Bog'liq Dilfuzaxon oya8.3.Ilmiy -ommabop uslub.
Ilmiy -ommabop uslubda badiiy nutq unsurlari va usullariga murojaat qilinishi hollari tez-tez uchrab turadi. Voqelikka munosabatni munosabatning va buning tadqiqini mantiiqan dalillangan, grammatik shakllangan, adabiy me’yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi. Ilmiy uslub doirasi anchagina keng va xilma-xildir. Chunonchi, bir qator ijtimoiy fanlarga oid tadqiqotlar ko‘proq ommaviyligi bilan tavsiflansa, aniq fanlarga oid tadqiqotlar mutaxassislar doirasida ko‘proq anglashilarli bo‘ladi. Gaplar orasida mantiqiylikning buzilishiga quyidagilarni ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: - matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish; - ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g’ri tanlay olish va o‘rinli joylashtirish; - so‘z va atamalarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish; - kasbdoshlarga unchalik tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish; - ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillardan o‘zlashtirish, so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish; - kasb-hunar so‘zlari va atamalarini o‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ilmiy uslub tabiat va jamiyatdagi barcha narsalar, hodisalar haqida aniq, asoslangan, izchil ma’lumotlar berishda qo‘llanadi. Ilmiy uslubda biror narsa yoki hodisa mohiyatini ta’riflar, tahlil qilish, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon qilish muhim hisoblanadi. Bu uslubda maxsus atamalar ko‘p ishlatiladi. Ilmiy uslubda adabiy normaga qat’iy rioya etilib majhul va murakkab qurilishli gaplardan keng foydalaniladi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog’liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:
1. Axborotning obyektivligi, aniqligi;
2. Nutqning ma’lumotlarga boyligi;
3. Fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
4. Muallif individualligining sezilmasligi;
5. Emotsionallik, obrazlilikning bo‘lmasligi;
6. Atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
7. Matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
8. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
9. Fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
10. Ellipsis hodisasining bo‘lmasligi (nazarda tutilgan birorta so‘zning tushib qolishi);
11. Turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko‘p ishlatilishi;
12. Otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
13.Matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
14.Maxsus bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘z, so‘z birikmalarining qo‘llanishi.
Til ta’limi nazariyasiga oid dolzarb muammolarni o‘rganuvchi lingvota’limshunoslik yuzasidan o‘z-fanining tushunchalari majmuini ifodalovchi terminlar soha mutaxassislari tomonidan, asosan, xorijda va yurtimizda bitilgan turli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy adabiyotlarda ishlatilmoqda. Ushbu jarayonni o‘zbek tili misolida olib qaraydigan bo‘lsak, haqiqatan, hozirgi kunda lingvota’limshunoslikning tushunchalarini yangi talqinda tavsiflovchi milliy ttrminologiya tizimi shakllanmoqda.
|
| |