3. Egiri chiziqli ariqchalar o’yish
1. Ariqchalarni rejalash.
|
1. Taxtacha (quyma) yuzasi bo’r eritmasi bilan qoplanadi va shablon bilan ariqchalar rejalanadi.Rejalash chiziq-lari kernlanadi.
|
2. Ariqchalar o’yish.
|
2. Bir o’tishda qalinligi 1,5-2mm li qirindi olinib, ariqchalar ochiladi.
Kesib kirish chuqurligi ariqcha qiyaligi bilan me’yorlanadi.
Ishlov berilayotgan materialga qarab, zarb qo’llanilib bajariladi. Ariqchalar chuqurligi eniga qarab tekislanadi.
|
4. Metallni sandon – taxta ustida kesish
|
1. Metall tasmani kesish.
|
1. Kesish joylari (chiziqlar) ikki tomonidan bo’r bilan belgilanadi. Metall tasma sandon – taxtaga qo’yiladi, zubilo chiziqqa to’g’ri o’rnatiladi va tasma dastlab bir tomondan taxminan yarim qalinlikda chala kesiladi (qalinligiga qarab tasma tirsak yoki yelka zarb qo’llanib kesiladi).
|
2. Dumaloq va kvadrat chiziqlarni kesish.
|
2. Kesish joyi bo’r bilan hamma tomondan belgilab chiqiladi. Kesish paytida chiziq aylantirilib, hamma tomondan chala kesib o’tiladi. Kesiladigan bo’lak sindirib olinadi.
|
3. Metall listini kesish.
|
3. Qalinligiga qarab, list bir necha o’tishda kesiladi. Birinchi o’tishda zubilo rejalash chizig’iga o’rnatilib, list chala (tirsak zarbi bilan) kesiladi. Keyingi o’tishlar ham zubiloni yasalgan iz bo’ylab surish orqali bajariladi ( qalinligiga qarab list yelka yoki tirsak zarb berib kesiladi). Kesish yengil zarb bilan tugallanadi.
|
4. Metall listidan zagotovka kesib olish.
|
4.Avval metall listi chala kesilib, so’ng zagotovka to’la kesib olinadi. Kesishda zagotovka rejalashangan shaklining har tomonida 1,5-2 mm masofa qoldiriladi.
|
|