|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 27/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiIshning vazifasi:
1.Polotnoni po’lat arra dastgohiga o’rnatish.
2.Metallni po’lat arra bilan qirqishda ish holatini uzlashtirish.
3.Metallni po’lat arrada qirqish.
4.Metallni polotnosi burilgan po’lat arrada qirqish.
5.Quvurlarni quvur qirqqichda qirqish.
Taxminiy ish ob’ektlari: kvadrat, dumaloq va tasma kesimli zagotovkalar, Ø 3/4" dan 1 '/4" gacha bo’lgan quvurlar egovlarining dastalari uchun halqalar.
Asboblar: chilangarlik po’lat arralari, quvur qirqqichlar.
Moslama va materiallar: parallel giralar, quvur qisqichlar, yog’och taxtachalar (qisqichlar), bo’r, mashina moyi.
Polotnoni po’lat arra dastgohiga o’rnatish
|
1. Polotnoni po’lat arra ramkasi (dastgohi)ga o’rnatish
Polotnoni tarang tortish
|
1.Qirqiladigan materialga mos po’lat arra polotnosi tanlanadi. Taranglovchi quloqli gayka (1) buralib, shunday bo’shatiladiki, suriluvchi kallak (2) ning o’rta qismi vtulkadan 10—12 mm chiqib turadi. Qo’l arra dastgohining ramkasi keriladi va arra tirsaklari shunday holatda mahkamlanadiki, kallaklarning teshiklari orasidagi masofa polotno teshiklari o’rtasidagi masofaga teng keladi. Polotno ramkaning opt kallagi (3) o’yig’iga shunday kirgiziladiki polotno tishlari dasta tomonidan yo’naltirilgan bo’ladi; kallak va polotno teshiklariga shtift tiqiladi. Polotnoning old uchi surilma kallak o’yig’iga kiritiladi. Kallak va polotno teshiklariga shtift o’rnatiladi.
Quloqli gayka aylantirilib, polotno taranglanadi. Barmoq bilan polotnoga yon tomondan salgina bosib tekshiriladi: agar polotno egilmasa, u yetarli darajada taranglangan hisoblanadi.
|
|
|
| |