Metallni po’lat arrada qirqishda ish holatini o’zlashtirish
1 .To’g’ri ish vaziyatini egallash.
|
1.Gira ishlovchi bo’yiga mos balandlikda o’rnatiladi. SHunday holatda turish kerakki, o’ng yelka giraning burama o’qi qarshisida bo’lsin.
Gavda o’ngga (gira o’qiga nisbatan 450 burchak holatida) buriladi. Oyoq, tovonlari shunday qo’yiladiki, ular 6 0 - 700 burchak hosil qiladi (tovonlar orasidagi masofa 200-300 mm bo’lishi kerak).
|
Po’lat arrani ushlash
|
Po’lat arra dastasidan (a) o’ng qo’l barmoqlari bilan ushlanadi (bunda dasta uchi kaft o’rtasiga tiralishi, katta barmoq, esa dasta bo’ylab, uning ustida bo’lshi kerak).
Arra dastasi chap qo’lda (b) shunday ushlanadiki, katta barmoq ramka ichida bo’ladi, qolgan barmoqlar esa quloqli gayka va harakatchan kallak murvatini ushlab turadi.
|
Metallni po’at arrada qirqish
|
1. Doiraviy yoki kvadrat kesimli chiviq materiallarni qirqish.
|
1.Bo’r bilan detalning butun peri-
metri bo’ylab qirqish joyi belgila-
nadi. Detalь girada shunday
mahkamlanadiki, uning qirqib
olinadigan qismi giradan chapda
(qirqish chizig’i gira jag’laridan 15—
20 mm masofada) bo’ladi.CHiviqni
qirqishda quyidagi qoidalarga rioya
qilinadi:
qirqa boshlashda po’lat arra «o’zidan»
(old) tomonga bir muncha qiya qilib
ushlanadi;
po’lat arra metallga kira borgan sari
arrani qiyalatish asta-sekin kamay-
tiriladi;
shu paytda po’lat arra polotiosi gorizontal holatda bo’lishi kerak;
minutiga 40-50 ish harakati qilinadi;
po’lat arraga faqat old tomon harakat
qilganda bosiladi;
qirqishni tugatish oldidan po’lat
arraga kamroq kuch bilan bosiladi va
chiviqning qirqib olinayotgai bo’lagi
qo’l bilan ushlab turiladi.
|
2.Material tasmasini qirqish
|
2.Tasma girada shunday qisiladiki, u
gira jag’laridan 15 — 20 mm chiqib
turadi va qirqish chizig’i gira
jag’lariga perpendikulyar holatda
bo’ladi.
Polotno chukurlashganida tasma jag’
ustiga ko’tariladi. Polotno sinishining va yo’llar shikastla-
nishining oldini olish uchun ishlaganda po’lat arraga katta kuch bilan bosmaslik kerak.
|
3.Quvur qirqish
|
2.Quvur girada yoki quvur qisqichda mahkamlanadi. Yupqa devorli yoki sirtiga toza ishlov berilgan quvurni girada mahkamlashda o’yiqli qistirmalardan foydalanish zarur. Po’lat arra ramkasiga mayda tishli polotno o’rnatiladi.
Qirqish chizig’i bo’r bilan belgila-nadi va ilgari kursatilgan qoidalarga rioya qilib, ishga kirishiladi. Qirqish paytida ishni yengillashtirish va yuqori daraja aniqlikka erishish uchun quvur gira yoki qisqichda «o’zidan» 60-900 ga buriladi.
|
1.Polotnosi 900 ga burilgan po’lat arrani yig’ish.
|
1.Polotno po’lat arra kallaklarining yon o’yiqlariga shunday o’rnatiladiki, ish vaziyatida u gorizontal (polotnodan chapda yoki o’ngda) joylashadi. SHtiftlar kiritlib, polotno taranglanadi.
|
2.Materialni qirqish.
|
2. Detal shakliga ko’ra qirqish joyi gira jag’laridan chapda yoki o’ngda bo’ladi. Ilgari ko’rsatilgan barcha qirqish qoidalariga rioya qilinadi.
Kesish chuqurligi polotno bilan arra dastgohining ramkasi orasidagi masofadan ortiq bo’lganida, ya’ni chuqur kesishda polotnosi 900 ga burilgan arra qo’llaniladi.
|