• 9- AMALIY ISH Egovlash Ishning maqsadi
  • Metallni po’lat arra bilan qirqish usullariii bajarishda xavfsizlik qoidalari




    Download 35,39 Mb.
    bet29/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    Metallni po’lat arra bilan qirqish usullariii bajarishda xavfsizlik qoidalari
    Eslatma. Kesish tugagach, tebranuvchi rama prujina ta’sirida dastlabki holatga keltiriladi. Bunda rama keskin urilmasligi uchun uni dasta yordamida ushlab turish kerak.

    1. Materialni bo’sh yoki haddan tashqari qattiq taranglangan polotnoli po’lat arrada qirqish man etiladi, chunki bu polotnoning sinishi va qo’llarning jarohatlanishiga olib keladi.

    2. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun po’lat arra pastga qattiq bosilmaydi.

    3.Bo’sh o’rnatilgan yoki yorilgan dastali po’lat arra bilan ishlash taqiqlanadi.

    1. Po’lat arrani yig’ishda kallak teshiklariga zich, qimirlamasdan tushadigan shtiftlar ishlatiladi.

    2. Po’lat arra tishlari uvalanganida qirqish to’xtatiladi va o’qituvchiga xabar qilinadi.

    Nazorat savollari.

    1. Arra polotnosi kanday tuzilgan?

    2. Polotno qanday materiallardan tayyorlanadi?

    3. Arrani ishga tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

    4. Arra bilan ishlashda gavda va qo’l holatlarini tavsiflang?



    9- AMALIY ISH
    Egovlash
    Ishning maqsadi:
    - Egovlashda ish holatini o’zlashtirish.
    - Egovlashdagi ish harakatlari va egovni muvozanatga keltirish.
    Jixozlar va asboblar:
    250—300 mm. li, 1, 2-raqamli tishli, to’mtoq uchli
    yassi egovlar.
    Moslamalar: parallel gira, mashq moslamalari (rasmga qarang) yoki 10 raqamli shvellerlar.

    Egovlashda ish holatini o’zlashtirish

    1.Ish o’rnini tashkil qilish.






    1. Ish o’rni oldindan berilgan tavsiyalarga asosan tashkil qilinadi. Oyoq ostiga qo’yiladigan taglik (pan-jara)dan yoki ko’tariladigan girali dastgohlardan foydalanib, gira ishlovchining bo’yiga moslab o’rnatiladi.
    Zagotovka girada faqat qo’l kuchi yordamida qisilishi kerak (soz girada mahkam qisib qo’yish uchun bu kuch yetarlidir). Zagotvkani gira burama o’qining dastasiga urib qisishga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi, bunda burama o’q rezbasi uzilib ketib, gira ishdan chiqishi mumkin.

    2. Egov tanlash va unga dasta o’rnatish.


    2. Ishlov berilayotgan xomaki mahsulotning shakliga qarab (yassi, doira kesimli, yarim doira kesimli, kvadrat va hokazo) egovning shakli tanlanadi.
    Egov uzunligi chamalanadi (ishlov berilayotgan zagotovkadan 150 200 mm uzun bo’lishi kerak). Egov metall ning olinadigan qatlami qalinligiga va ishlov beriladigan chala mahsulotning g’adir-budurligiga qarab tanlanadi (0,1 -raqamli yirik tishli egovlar. 2,3-raqamli mayda tishli egovlar,
    4,5-raqamli mayin egovlar).
    Dasta dastgohga urilib (v) yoki dastaga bolg’acha bilan urilib(g) egovning orqa uchiga kiydiriladi. Eski dasta (zarurat bo’lganida) halqaga bolg’acha bilan urib (d), chiqarib olinadi yoki agar egov katta bo’lsa, u sandon-taxta chetiga qo’yilib (e), dasta halqasiga keskin harakat bilai uriladi, shunda dasta o’ng qo’lda qolib, egovning o’zi chiqib ketadi.

    3. Girada mashq moslamasini (yoki shveller parchasini) mahkamlash.




    3.Gira ishlovchi bo’yiga mos balandlikda o’rnatiladi.
    Dastlab girada mashq moslamasi (yoki shveller parchasi) mahkamlanadi, shu bilan birga moslama plastinalari yog’och taxtacha ariqchalarida joylashran gira jig’lariga parallel holatda bo’lib, ulardan 8-10 mm chiqib turishiga e’tibor berilishi kerak. Plastinalarning yog’och taxtachaga va taxtachaning gira jag’lariga nisbatan holati bolg’a bilan taxtacha hamda plastinalarga sekingina urib to’g’rilanib, mashq moslamasi (shveller) jag’larda puxta mahkamlanadi.

    4.Gira yonida to’g’ri ish holatida turish




    1. Gira oldida uning o’qiga nisbatan 450 burchak hosil qilgan holda yarim burilib, tik va turg’un turiladi, bunda o’ng yelka gira qarshisida bo’lishi kerak. Oyoqlar panjasi bir-biriga nisbatan 60- 700 burchak hosil qilib qo’yiladi. Tovonlar orasi 200-300 mm. Tavsiyalarga binoan, gira bo’yga mos balandlikda o’rnatiladi, o’ng qo’l bilan bosish zaiflashib, chap qo’l bilan bosish kuchayib ketganida, oldinga tomon qiya egovlash sodir bo’lishi mumkin va aksincha holatda orqaga tomon qiya egovlash yuz beradi.

    5.Egovni o’ng qo’lga olish.






    5.Dasta uchi kaft o’rtasiga tiralib turishi lozim. To’rt barmoq bilan dastaning pastidan ushlanadi, katta barmoq dasta ustidan, uning o’qi bo’ylab qo’yiladi. Bosh barmoq ham dasta o’qi bo’ylab qo’yilib, qolgan barmoqlar bilan dasta qisib ushlanadi va kaftga bosiladi.

    6. Egovni moslama ustiga qo’yish.








    6. Egov moslamaga o’rta qismi bilan qo’yiladi. Chap qo’lning uchidan 20—30 mm masofada uning ustiga ko’ndalang qilib qo’yilib, barmoqlar bir oz bukiladi, lekin osiltirilmaydi; chap qo’l tirsagi xiyol ko’tariladi. Egov ravon, minutiga 40-60 marta, harakat qilib, qat’iy gorizontal holatda ikkala qo’l bilan oldinga (ish yurishi) va orqaga (salt yurishi) shunday kirgizilsinki, u ishlov berilayotgan xomaki mahsulotga butun yuzasi bilan tegib tursin; salt yurishi paytida egovni undan uzmaslik kerak.

    Egovlashdagi ish harakatlari va egovni muvozanatga keltirish

    1. Egov bilan ish harakatlarini moslama plastinalari (yoki shveller qovurg’alari) bo’ylab bajarish.




    1.Egov ikkala qo’l bilan qat’iy gorizontal yo’nalishda oldinga (ish yurishi) va opqaga (salt yurishi) shunday ravon harakat qildirilishi kerakki u butun yuzasi bilan ikkala plastinaga (yoki shveller qirralariga) tegib tursin. Egovga chap va o’ng qo’l bilan bosish kuchi taqsimlanishiga qat’iy rioya qilgan holda
    (muvozanatni saqlab), unga faqat oldinga borishida bosiladi, chunonchi:
    ish yurishi boshida egovga asosan chap qo’l bilan bosilib, o`ng qo`l bilan u gorizontal holatda ushlab turiladi
    (a); ish yurishi o’rtasida egovga ikki qo’lda bir xil kuch bilan bosiladi (b); ish yurishi oxirida esa unga asosan o’ng qo’l bilan bosilib, chap qo’lda egov gorizontal holatda ushlab turiladi (v). Bunday ish yurishi vaqtida o’ng qo’l tirsakdan panjagacha egov bilan to’g’ri chiziqni tashkil qilishiga va egov gorizontal holatda bo’lishiga e’tibor beriladi. Ish yurishi oxirida gavda salgina oldinga egilib, chap oyoqqa tayanadi. Egov orqaga yurgizilganda - salt yurishida mashq moslamasi (shveller) plastinalaridan olinmaydi.

    2. Egovlashda kuchning taqsimlanishi




    2. Odtda, detallar giraga qisib quyidagi holda egovlanadi. Zagotovkaning ishlanadigan sirti gira jag’lari sathidan 8-10mm chiqib turadigan qilib gorizontal holatda mahkamlanadi.
    Agar ishlov berilgan sirt giraga mahkamlanadigan bo’lsa, uni shikastlamaslik uchun gira jag’larigia burchaklik qo’yiladi. Zagotovka sirti toza bo’lishi va puxta mahkamlanishi kerak.
    Odatda, egovlash uchun 1 mm.gacha qo’yim qoldiriladi. Qo’yimning bundan ortiqchasi kesib tashlanishi lozim. Dastani tutib turadigan o’ng qo’l va egovning uchiga qo’yiladigan chap qo’l, holati e’tiborga olinadi (g). Egovlash paytida giraning o’ng yoki chap tomonida, unga yarim o’girilgan holatda turish kerak bo’ladi.
    Egov butun uzunligicha tekis va ravon yurgizilib, ikkala qo’l gorizontal tekislikda harakatlantiriladi. Egovni oldinga yurgizishda ish yo’li, opqaga yurgizganda salt yo’li bajariladi. Orqaga tortishda egovga bosilmaydi. Homaki ishlovda o’nga qatiqroq bosilib, asosiy qo’yim olinadi, reja chizig’iga 0,1 -0,3 mm qol ganda sirt mayda tishli egov bilan egovlanadi.
    O’ng va chap qo’llarning kuchi quyi-dagicha taqsimlansin (d):
    egov faqat oldinga yurgizilgandagina unga o’ng va chap qo’llar bilan bosish kuchining taqsimlanishiga, ya’ni muvozanatlanishiga qat’iy rioya qilish kerak;
    ish boshlanishida asosiy bosishni chap qo’l bilan bajarish, o’ng qo’l bilan egovni gorizontal holatda tutib turish kerak;
    ish yurishi o’rtasida har ikki qo’l bilan egovga bosish kuchi bir xil bo’lishi kerak; ish yurishi oxirida asosiy bosim o’ng qo’l bilan bajari -ladi, chap qo’l bilan esa egov gorizontal holatda tutib turiladi: gavda gira tomonga engashtirilib, og’irlik chap oyoqqa tashlanadi.



    Metallga egovlash yo’li bilan ishlov berishda
    xavfsizlik qoidalari
    Dastasiz yoki dastasi yorilgan egov bilan ishlamaslik kerak, dastalar yaroqli va jilolangan tashqi yuzaga hamda halqaga ega bulishi lozim.
    Dasta chiqib ketmasligi va qo’lni jarohatlamasligi uchun ish yurishi oxirida egov dastasining halqasi bilan plastinaga urilmaydi.
    Ko’zni ehtiyot qilish uchun qirindi og’iz bilan puflanmaydi.
    Egovning ish yuzasiga va plastinalarning egovlangan joylariga qo’l tekkizilmaydi, chunki bu egov sirpanib ketib, jarohat yetkazishga olib kelishi mumkin.
    Nazorat savollari.
    1. Egovlash deb nimaga aytiladi?
    2. Egovlar qanday materiallardan tayyorlanadi?
    3. Egovlarning qanday turlarini bilasiz?
    4. Maxsus egovlar yordamida qanday metallar egovlanadi?



    Download 35,39 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallni po’lat arra bilan qirqish usullariii bajarishda xavfsizlik qoidalari

    Download 35,39 Mb.