|
IKKINCHI ISH KUNIDA BAJARILADIGAN ISHLAR. DETALLARNI YIGʻISH
|
bet | 59/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiIKKINCHI ISH KUNIDA BAJARILADIGAN ISHLAR. DETALLARNI YIGʻISH
|
22-AMALIY MASHG‘ULOT
Sovitish tizimini qismlarga ajratish va yig‘ish
MASHGʻULOTDAN MAQSAD:
Talabalarning nazariy bilimlarini mustaxkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil, asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyati, mexanizm va agregatlarni ajratish va yig‘ish ko‘nikmalarini shakllantirish.
MASHGʻULOT O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
Mexnat muxofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;
Dvigatelning sovitish tizimini ketma-ketlik asosida, texnik talablarga rioya qilgan xolda, qismlarga ajratish va yig‘ish;
MASHGʻULOT O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
Xavfsiz ishlash usullari;
Sovitish tizimining vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayonida detallarning o‘zaro bog‘lanishi;
Detallar tuzilishi, materiali va qo‘yiladigan texnik talablar.
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Sovitish tizimining vazifasi - dvigatelni qisqa muddatda me’yoriy xaroratgacha qizdirishga ko‘maklashish, qizigan detallardan ortiqcha issiqlikni atrof muxitga tarqatish va dvigatelni me’yoriy xaroratda ishlashini ta’minlashdan iborat.
VI. KERAKLI O‘QUV-JIXOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:
Sovitish tizimiga ta’luqli plakatlar, albomlar, qo‘llanma;
Sovitish tizimining jamlamasi;
MATIZ avtomobilining dvigateli, radiator va parragi bilan yig‘ilgan;
Dvigatelni qismlarga ajratish va yig‘ish stendi;
Chilangarlik dastgoxi, ish stoli, kalitlar to‘plami;
Yuvish-tozalash, to‘kish-quyish uskunalari va ashyolar;
Yong‘inga qarshi uskunalar.
. Sovitish tizimi: radiator, termostat, isitgich, silindrlar kallagidagi suv ko‘ylagi, suv nasosi, silindrlar blokidagi suv ko‘ylakgi, parrak, birlashtiruvchi naychalar va nazorat-o‘lchov asboblaridan iborat. (1-rasm).
1-rasm. Sovitish tizimi:
|
| |