|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 55/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati18 - AMALIY ISH
Payvandlash jarayoni
Mashqlar:
1. Gaz alangasida payvandlash
2. Elektr yoy usulida payvandlash
3. Kontakt usulida payvandlash
Gaz alangasida payvandlash
Bu usulda yonuvchi gazlar (aesteilеn) kislorod bilan gorеlkada ma'lum nisbatda aralashtirilib, havoda yondirilgandagi alanga issiqligidan foydalaniladi. Bu usulning oddiyligi, uni boshqarishning qulayligi, qimmatbaho uskunalar talab etilmasligi, alanga mash'alini payvandlash joyiga turli burchak ostida yόnaltirib qiyin choklarni hosil qilish, mеtallni sеkin, tеkis qizdirish kabi afzalliklarga ega. Lеkin bu usul issiqlik ta'sir zonasining kеngligi, chokning pastroq puhtaligi, payvandlanuvchi mеtall qalinligining ortishi bilan ish unumdorligi kеskin pasayishi kabi kamchiliklardan holi emas. Shu sababli bu usul amalda qalinligi 0,2...5 mm gacha bulgan pulat, rangli mеtall qotishmalari, chόyanlarni payvandlashda qόllaniladi. Payvandlashda asosan yonuvchi gazlardan (aesteilеn, vodorod, koks gazi, tabiiy gaz, nеft gazi, propan, butan va boshqa gazlardan) foydalaniladi, gazlarni yondirilganda issiqlik ajratish hususiyatiga, narhiga va boshqa kόrsatkichlariga qaraladi, shu nuqtai nazardan qaraganda, bόlardan όng ma'qul va qulayi aesteilеn gazidir. Aesteilеn gazi mahsus gеnеraeorlar yordamida kalesiy karbiddan olinadi.
Elektr yoy usulida payvandlash
Eritib payvandlashda biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. Payvandlash vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, unga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalardan foydalaniladi. Elektrkimyoviy usulda payvandlash zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yey) vodorod bilan, baʼzan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan oʻraladi, natijada eritib yopishtiriladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy taʼsiridan saqlanadi. Payvandlash zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qoʻllaniladi. Elektr yey bilan payvandlashda buyumlarning payvandlanadigan joylari elektr yoyi bilan eritib biriktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga boʻlinadi. Bunday payvandlash qoʻlda va avtomatik tarzda bajariladi. Yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida payvandlash usullari ham bor. Suv ostida payvandlash (mas, kemalarning tagini tuzatish), kosmosda payvandlash (mas, kosmik styalarni kosmosda montaj qilish) usullari rivojlangan, yuqori vakuum va vaznsizlik sharoitida turli metallarni payvandlash usullari ham keng qoʻllanilmoqda. Lazer nurlari yordamida payvandlash usullari takomillashtirilmoqda.
|
| |