• 2-rasm. Oddiy karbyuratorning tuzilishi.
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti




    Download 35,39 Mb.
    bet63/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    23-AMALIY MASHG‘ULOT


    Karbyuratorli ta’minlash tizimini qismlarga ajratish va yig‘ish

    Karbyuratorni qismlarga ajratishdagi xavfsiz ishlash


    va ehtiyotlik choralari

    1. Karbyuratorda qoldiq yonilg‘i bo‘lmasin, bu yong‘inga olib kelishi mumkin.

    2. Ish o‘rni toza va quruq holatda bo‘lsin.

    3. Karbyurator qismlarga ajratilgach vintlar o‘z o‘rniga burab qo‘yilgani maqulroq, bu yo‘qolishdan va ifloslanishdan saqlaydi.

    4. Mayda detallar yechilgach ketma-ketlikda qo‘yilishi yoki yumshoq sim bilan bog‘lansa maqsadga muvofiq, bu esa yig‘ishda qulay bo‘ladi.

    5. Himoyalangan qistirmani karbyurator flanesidan ajratib olishda chizilishga yo‘l qo‘ymang!

    6. Tezlashish nasosini yechib olishda po‘lat zoldirni yo‘qolib qolishidan saqlang, ehtiyot bo‘ling!

    7. Detallarini ajratishda katta kuch ishlata ko‘rmang, bu sinishga olib keladi.

    8. Havo va yonilg‘i jiklyorlarini ifloslikdan saqlang!

    Karbyuratorning quyidagi qismlarini detallarga ajratishga ruxsat etilmaydi:

      • tezlatish nasosi tizimini;

      • termoparafinli klapanni;

      • elektromagnit klapanini;

      • pnevmo klapanni;

      • drosssel to‘siqchasini;

      • havo to‘siqchasini;

      • avtomatik uzatish tizimini;

    Yig‘ishda iskanja (tiski) mahkamlangan moslamaga karbyuratorni o‘rnatib keyin yig‘ishni boshlang.
    Ko‘rsatilgan ketma-ketlikka amal qilib detallarni toza holatda o‘rnating, ifloslanishga yo‘l qo‘ymang!
    Karbyuratorning barcha qismlari yig‘ilib bo‘lingach xarakatlanuvchi pishanglarni (richaglarni) yengil xarakatlanishini tekshirib ko‘ring.
    Karbyuratorning vazifasi - dvigatelning ish jarayonlariga kerakli bo‘lgan tarkibdagi yonuvchi aralashmani tayyorlab berishdan iborat.
    Zamonaviy karbyuratorlar havo oqimini yo‘nalishiga qarab 3 xil bo‘ladi:
    A) pastdan yuqoriga
    B) yuqoridan pastga
    V) yotiq yo‘nalgan
    Avtomobillarda ko‘pchilik hollarda havo oqimi yuqoridan pastga yo‘nalgan karbyuratorlar qo‘llanadi. Ularda aralashma hosil qilish ancha sifatli va qulay bo‘lib, dvigatelning barcha rejimda ishlashni ta’minlaydi. Oddiy karbyuratorning tuzilishi 1 –rasmda ko‘rsatilgan.





    2-rasm. Oddiy karbyuratorning tuzilishi.
    1-qalqovich bo‘limi; 2-qalqovich; 3-ignali klapan; 4-diffuzor; 5-aralashma bo‘limi; 6-drossel to‘sig‘i; 7-drossel to‘sig‘ining richagi; 8-purkagich; 9-jiklyor;

    Download 35,39 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti

    Download 35,39 Mb.