|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 64/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati10-yonilg‘i quviri
Zamonaviy karbyuratorlarda qo‘shimcha qurilmalar mavjud bo‘lib, dvigatelning har xil rejimda ishlashini ta’minlaydi. Oddiy karbyurator bunday xususiyatga ega emas, shu tufayli dvigatellarda qo‘llanilmaydi. TICO, DAMAS avtomobillarida talabga javob bera oladigan tejamkor karbyuratorlar qo‘llaniladi. Ikkala avtomobilda ham bir necha modelli ya’ni bir-biridan farq qiluvchi karbyuratorlar qo‘llaniladi. Vaqt o‘tishi bilan karbyuratorlar takomillashib kelishi tufayli har xil tuzilishga ega. O‘rganishga qulay bo‘limini nazarda tutib TICO avtomobilining karbyuratorini qismlarga ajratish va yig‘ish ketma-ketligini havola qilinadi.
TICO avtomobilining karbyuratorini umumiy ko‘rinishi 2-rasmda o‘z ifodasini topgan.
2-rasm. Matiz avtomobilining karbyuratorining umumiy ko‘rinishi
3-rasm. Karbyurator sxemasi
1-birlamchi bo‘linma bosh me’yorlash yonilg‘i jiklyori; 2-ikkilamchi bo‘linma, asosiy yonilg‘i jiklyori; 3- inersiya kuchi bilan xarakatlanuvchi yonilg‘i jiklyori; 4-salt ishlash yonilg‘i jiklyori; 5-o‘tish tizimining o‘tish jiklyori; 6-asosiy tizimning havo jiklyori; 7-ikkilamchi bo‘linma drossel to‘siqchasini boshqarish pnevma klapan uzatma tizimi havo jiklyori; 8-ikkilamchi bo‘linma bosh me’yorlash tizimining havo jiklyori; 9-inersiya kuchi bilan xarakatlanish havo jiklyori; 10-salt ishlash havo jiklyori; 11-asosiy salt havo jiklyori; 12-salt ishlash tizimining elektromagnitli o‘chirish klapani; 13-zo‘ldir qulfi chiqarish klapani; 14-yonilg‘i kirish naychasi; 15-ortiqcha yonilg‘ini bakka qaytarish naychasi; 16-elektromagnit klapan; 17-termoklapan (issiqlik klapani) 18-inersiya kuchida ishlaydigan klapan; 19-ikkilamchi bo‘limda drossel to‘siqchasini boshqarish pnevmo klapani; 20-ikkilamchi bo‘linma drossel to‘siqchasi; 21-birlamchi bo‘linma drossel to‘siqchasi; 22-salt ishlash tizimi yonilg‘i miqdorini rostlash vinti; 23-qolqavich; 24-tezlatish nasosi.
Elektromagnit klapanining vazifasi - o‘t oldirish kaliti o‘chirilganda, elektromagnit klapan (16) to‘ksizlanadi va uning ignasi jiklyor (4) ga yonilg‘i boradigan quvurni berkitadi.
Pnevmoklapanning vazifasi - ikkilamchi bo‘linma drossel to‘siqchasini boshqarishdan iborat.
Termoparafinli klapan 1 kanallar orqali dvigatelning sovitish tizimi bilan bog‘langan. Diafragmali moslama dvigatel ishga tushishi bilanoq havo to‘siqchasini avtomatik ravishda bir oz ochib qo‘yish uchun xizmat qiladi, ya’ni diafragma 4 yuqoriga suriladi, chunki uning ustki bo‘shlig‘i kiritish quviri bilan bog‘langan, pastki tomoni atmosfera bilan tutashgan. Dvigateldagi suv harorati 184S ga yetganda termoparafinli va vakuumli klapan ochilib diafragma 5 ning ustki bo‘shlig‘ini kiritish kollektoridagi siyraklanishiga bog‘laydi. Dvigatel qizishi davom etib, termoparafin yanada kengaya boshlaydi va koromislo 6 ni shtok 7 bilan surib havo to‘siqchasini ochadi. Dvigatel harorati me’yoriga yetganda havo to‘sqichi to‘liq ochiladi.
4-rasm. Ishga tushirish qurilmasi.
1-termoparafinli klapan; 2-sovitish suyuqligi; 3-diafragmali moslama;
4 va 5 –diafragmalar; 6-kulachok koromislosi; 7-shtok
Birinchi va ikkinchi bo‘linmaning drossel to‘siqchalari o‘zaro shunday ulanganki, birinchi bo‘linmaning to‘siqchasi 23 qismga ochilgandagina ikkinchi drossel to‘siqchasi ochila boshlaydi.
|
| |