• 3-rasm. Elektromagnit datchikli o‘t oldirish tizimi sxemasi.
  • 4-rasm. Yarim o‘tkazgichli datchikning ishlash sxemasi.
  • -rasm. Kontakt – tranzistorli o‘t oldirish tizimining sxemasi




    Download 35,39 Mb.
    bet72/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    2-rasm. Kontakt – tranzistorli o‘t oldirish tizimining sxemasi.
    1-uzgich; 2-tranzistor; 3-o‘t oldirish g‘altagi; e-emitter; b-baza; k-kollektor.

    Kontakt – tranzistorli o‘t oldirish tizimi kontaktli o‘t oldirish tizimidan shunday farqlanadiki, bunda uzgichning 1 kontaktlari orqali tranzistorga uncha katta bo‘lmagan boshqarish to‘ki o‘tadi. O‘t oldirish g‘altagining 3 birlamchi cho‘lg‘ami uzgichning 1 kontaktlari orqali emas, tranzistorning emitter-kollektor zanjiri orqali uziladi. Tranzistor kontaktlari yuqori to‘kdan xalos etilganligi tufayli, tizimda kondensatorni o‘rnatishdan holi etadi.


    Bu tizim quyidagicha ishlaydi. Uzgich 1 kontaktlari ulanganida, tranzistorning 2 bazasi «B» akkumulyator batareyasining (-) manfiy klemmasi bilan ulanadi. Baza zanjiridan to‘k o‘tib tranzistorni 2 ochadi.
    Ochilgan tranzistor 2 orqali (emitter-kollektor) o‘t oldirish g‘altagining 3 birlamchi cho‘lg‘amini zanjirga ulaydi.
    Uzgich 1 kontaktlari uzilganida tranzistor 2 yopilib, birlamchi cho‘lg‘amni zanjirdan uzadi. Bunda ikkilamchi cho‘lg‘amda katta qiymatga ega bo‘lgan E.Yu.K. induksiyalanadi.
    Elektromagnit datchikli o‘t oldirish tizimi tishli rotor shaklidagi doimiy, magnit 2 va o‘zakga o‘ralgan stator cho‘lg‘ami 1 dan iborat, 3-rasm.





    3-rasm. Elektromagnit datchikli o‘t oldirish tizimi sxemasi.
    1-stator cho‘lg‘ami; 2-doimiy magnitli rotor; 3-tranzistor; 4-o‘t oldirish g‘altagi.

    Doimiy magnitli rotor 2 aylanganida, statorning 1 cho‘lg‘amida o‘zgaruvchan E.Yu.K. induksiyalanadi. Rotorning tishi cho‘lg‘amga yaqinlashganida unda E.Yu.K. ortib keta boshlaydi va tish cho‘lg‘amining o‘rtasiga kelganida eng katta qiymatga erishadi. Tish cho‘lg‘amdan uzoqlasha boshlagan sari E.Yu.K. kamaya boradi va belgisini o‘zgartirib manfiy yarim to‘lqin hosil qiladi (3-rasm, b). Cho‘lg‘amda musbat E.Yu.K.yarim to‘lqinni hosil bo‘lishi, tranzistordan 3 baza to‘kini o‘tishini ta’minlaydi.


    Tranzistorni 3 ochishga yetarli musbat yarim to‘lqinda Vochil kuchlanishi hosil bo‘lib, o‘t oldirish g‘altagining 4 birlamchi cho‘lg‘amidan to‘k o‘tadi. Qutbning o‘zgarishida cho‘lg‘amdagi 1 E.Yu.K. tranzistorni yopadi va birlamchi cho‘lg‘amni zanjirdan uzadi. Bunda ikkilamchi cho‘lg‘amda yuqori kuchlanishli to‘k hosil bo‘lib, o‘t oldirish svechasida chaqmoq sodir etadi. Doimiy magnitli datchikning qutblar juftining soni, dvigatelning silindrlar soniga teng bo‘ladi.
    Magnit datchikning xususiyati shundan iboratki, E.Yu.K. ning amplitudasi rotor 2 aylanish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Tirsakli val katta chastota bilan aylansa E.Yu.K. amplitudasi ortadi Ye2>Ye1 (rasm 3, b). Bu holat tranzistorni 3 ochilish va yopilish vaqtini o‘zgartiradi. Tirsakli val juda kichik aylanish chastotasida aylanganida E.Yu.K. juda kichik bo‘lib tranzistorni ocha olmaydi. Shu sababli magnitaelektrik datchiklarni amalda ishlatilganida qo‘shimcha markazdan qochma va vakuum rostlagichlar yordamida o‘t oldirishni ilgarilash burchagi avtomatik ravishda rostlanadi.
    Kontaktsiz o‘t oldirish tizimida boshqa turdagi datchiklar ishlatiladi: parametrik, fotodatchik, pyezodatchik, yarim o‘tkazgichli datchik va boshqalar.
    Parametrik datchiklar elektr zanjiridagi parametrlarni o‘zgartirib svechalarda chaqmoq paydo bo‘lishni boshqaradi. Bunday datchiklarda cho‘lg‘amlar orasidagi magnitli bog‘lanishni o‘zgartirish hisobiga boshqaruvchi signal hosil qilinadi va o‘zaro induktiv datchiklar deb ataladi.
    Fotodatchiklarda fotoelement qo‘llanib, yorug‘lik impulslarini elektr impulslariga yoki fotoqarshilik, yorug‘lik kuchiga mos ravishda o‘z qarshiligini o‘zgartiradi. Fotodatchiklarning ishlashi uchun yorug‘lik manbai bo‘lishi shart. Yorug‘lik manbai bilan fotodatchik orasiga teshiklarga ega bo‘lgan yoki kesik disk o‘rnatiladi. Teshik yoki kesiklar soni dvigatelning silindrlar soniga teng bo‘ladi. Diskning yuritmasi xarakatni dvigatelning tirsakli validan oladi.
    Pyezodatchiklarda boshqaruvchi signal kristallarga mexanik ta’sir etilganida sodir bo‘ladigan E.Yu.K. hisoblanadi.
    Hozirgi vaqtda avtomobillarda magnitoelektrik datchiklardan tashqari yarim o‘tkazgichli datchiklar ham ishlatilmoqda. Bu datchiklarning ishlashi Xollning galvonomagnit hodisaga asoslangan. Bu hodisa yarim o‘tkazgichlardan tashkil topgan. To‘rtta elektrodli yupqa plastinada sodir bo‘ladi, 4-rasm.





    4-rasm. Yarim o‘tkazgichli datchikning ishlash sxemasi.
    Agar shunday plastinadan to‘k I o‘tsa va unga bir paytda plastinaning yuzasiga magnit induksiyasining vektori V perpendikulyar yo‘nalishda bo‘lgan magnit maydoni ta’sir etsa, unda to‘k yo‘nalishiga parallel qirralarda Xollning E.Yu.K. sodir bo‘ladi.


    (1)
    Bu yerda: I-tok kuchi, a
    V – magnit induksiyasi vektori;
    kx-plastina materialiga bog‘liq bo‘lgan Xoll doimiysi;
    d-plastinaning qalinligi.


    Xoll elementining signali uncha katta bo‘lmaydi va to‘kning kattaligi va haroratga bog‘liq bo‘ladi. Yarim o‘tkazgichli datchik Xoll elementidan tashqari, kuchlanish stabilizatori, kuchaytirgich, haroratni hisobga oluvchi sxema, signalni hosil qilish va chiqarish tranzistorini o‘z ichiga oladi. Barcha elementlar bitta mikrosxemada jamlangan. Agar bir-biriga nisbatan uncha katta bo‘lmagan masofaga sezuvchi element sxemasini va doimiy magnitni joylashtirib, tirqishlar o‘tadigan magnit oqimini davriy ravishda ochib-yopadigan kesimlarga ega bo‘lgan disk o‘rnatilsa, o‘t oldirish tizimini boshqaradigan signal olinadi.
    Datchikning konstruksiyasiga qarab boshqaruvchi signal, magnit sezuvchi elementga ta’sirini disk yopganida yoki ochganida hosil bo‘lishi mumkin. Bu turdagi datchiklar «UzDEU» avtomobillarining o‘t oldirish tizimida ham qo‘llanilgan.


    1. Download 35,39 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Kontakt – tranzistorli o‘t oldirish tizimining sxemasi

    Download 35,39 Mb.