|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 75/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati26-AMALIY MASHG‘ULOT
«Generatorni qismlarga ajratish va yig‘ish».
MAQSAD: O‘quvchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, generatorni qismlarga ajratish va yig‘ishda amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish.
MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
Mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;
Generatorni ko‘rsatilgan ketma-ketlikda, texnik talablar asosida qismlarga ajratish va yig‘ish
MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
Xavfsiz ishlash usullari;
Generator tuzilishi va unga qo‘yilgan texnik talablar.
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
GENERATORNING VAZIFASI
Generator – avtomobilning asosiy elektr quvvati manbai bo‘lib hisoblanadi. Generator avtomobildagi barcha iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi va akkumulyatorlar batareyasini dvigatel tirsakli valining o‘rta va katta aylanishlarida zaryadlab turadi.
Avtomobil generatorlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Uzoq va ishonchli ishlashi, oddiy konstruksiyali kichik gabarit o‘lchamga va og‘irlikga, ruxsat berilgan eng katta to‘k kuchi yuklanishidan chegaralash xususiyatiga ham ega bo‘lishi kerak.
Zamonaviy avtomobillarda to‘g‘rilagichlari bo‘lgan uch fazali o‘zgaruvchan to‘k generatorlari ishlatilmoqda. Bunga asosiy sabab ular konstruksiyasining o‘zgarmas to‘k generatorlariga qaraganda bir qator afzalliklarga ega bo‘lganligidir, ya’ni bir xil quvvatda og‘irligi kichik, ishlash muddati ko‘p, mis kam ishlatilishi hamda dvigateldan generatorga uzatish sonini oshirish imkoniyati borligidir. Uzatish soni yuqori bo‘lganda dvigatelni salt ishlash chastotasida generator o‘z quvvatining 25-50 foizigacha to‘k beradi. Bu esa avtomobillarda akkumulyator batareyalarini zaryadlanish sharoitini yaxshilaydi hamda ularni ishlash muddatini uzaytiradi. Biz ko‘rib chiqayotgan DAEWOO avtomobillarida ham uch fazali o‘zgaruvchan to‘k generatorlari o‘rnatilgan.
|
| |