GENERATORNING ROSTLASH QURILMALARI




Download 35,39 Mb.
bet77/138
Sana20.01.2024
Hajmi35,39 Mb.
#141780
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138
Bog'liq
Kasb mahorati

GENERATORNING ROSTLASH QURILMALARI


Zamonaviy dvigatellarda tirsakli valning aylanish chastotasi salt ishlash rejimida 500-800 min-1 ni, to‘liq yuklanish rejimida 4000-6000 min –1 ni tashkil qiladi.
Dvigatel aylanishlar chastotasi o‘zgarishlari, generator valining o‘zgarishlar chastotasiga ta’sir etadi va bu 8-10 martaga yetishi mumkin. Generator kuchlanishi uning vali aylanishlar chastotasiga bog‘liq bo‘lib, qanchalik yuqori bo‘lsa, generator kuchlanishi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Avtomobil elektr jihozlarining barcha is’temol qiluvchisi 14 V li o‘zgarmas kuchlanishda ishlashga mo‘ljallangan. Generatorning aylanishlar chastotasini va yuklanishini o‘zgarishiga hamda haroratni o‘zgarishiga qaramasdan kuchlanishni belgilangan qiymatda ushlab turish uchun kuchlanish rostlagichi ishlatiladi. Tirsakli valning aylanishlar chastotasi salt ishlash chastotasiga qadar pasayganda, generator kuchlanishi akkumulyator kuchlanishidan kichik bo‘lib qolishi mumkin. Bunday holatda batareyani generatordan uzib quyish kerak, aks holda u generatorga tok bera boshlaydi, natijada generator cho‘lg‘amlarining himoyasi qizib, akkumulyator batareyasi zaryadlanib qoladi. Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatorni yana elektr jihozlar tizimiga ulash zarur. Bu vazifalarni bajarish uchun teskari tok relesidan foydalaniladi.
Generator belgilangan maksimal tok berishga mo‘ljallangan bo‘lib, elektr jihozlar tizimida ayrim nosozliklar bo‘lganda, u hisob qilingan to‘kdan ham ko‘proq to‘k berishi mumkin. Bunday rejimda uzoq vaqt ishlashi, generator cho‘lg‘ami himoyasining o‘ta qizishiga va kuyib ketishiga olib keladi. Generatorni o‘ta yuklanishdan himoya qilish uchun to‘k cheklagich ishlatiladi.


KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:

    1. MATIZ avtomobili;

    2. Dvigatelning turli modellari;

    3. Generatorga ta’luqli plakatlar, o‘quv qo‘llanma;

    4. Chilangarlik dastgohi, ish stoli, kalitlar to‘plami;

    5. Yuvish-tozalash moslamalari va ashyolari;

    6. Ehtiyot qismlar;

    7. Dori-darmonlar to‘plami;

    8. Kavsharlagich;

    9. Yong‘inni o‘chirish vositalari.




Download 35,39 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138




Download 35,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GENERATORNING ROSTLASH QURILMALARI

Download 35,39 Mb.