|
Generator asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan (1-rasm)
|
bet | 76/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiGenerator asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan (1-rasm).
qo‘zg‘almas stotor 18, aylanuvchi rotor 3,11, 16 va 21 korpus 9, qopqoqlar 2 va 10, cho‘tka 5, kuchlanish rostlagichi 6, to‘g‘irlagich bloki 22, shkiv 13. Generatorning halqasimon stator o‘zagi, o‘zgarmas to‘klarni kamaytirish maqsadida, bir-biridan lak qoplami bilan izolyasiya qilinib, elektrotexnik po‘lat varaqlardan yig‘ilgan.
1-rasm. Generatorning tuzilishi:
1-to‘g‘rilagich blokining sovitish quvurlari; 2-orqa qopqoq; 3-rotor vali; 4-kontakt halqalar; 5-cho‘tka; 6-kuchlanish rostlagichi; 7-orqa podshipnik; 8-orqa sovitish parragi; 9-korpus; 10-oldi qopqog‘i; 11-rotorning qutb o‘zaklari (S qutb); 12-oldi sovitish parragi; 13-shkiv; 14-oldingi podshipnik; 15-oraliqni saqlab turuvchi vtulka;
16-shpilka; 17-rotor cho‘lg‘ami; 18-stator; 19-stator cho‘lg‘ami; 20-shpilka;
21-generatorni mahkamlash quloqchalari; 22-to‘g‘rilagich bloki;
23-rotorning qutb o‘zaklari (N qutb); 24-oraliqni saqlab turuvchi vtulka.
Statorning ichki yuzasida 36 ta yarim yopiq ariqcha bo‘lib, ular bir-biridan tishchalar bilan ajratilgan. Tishchalarga laklangan mis simdan o‘ralgan 36 ta g‘altak o‘rnatilgan.
Gʻaltaklarda uchta faza cho‘lg‘amlari bo‘lib, cho‘lg‘amlar o‘zaro «yulduz» usulida ulangan.
2-rasm. Generatorning elektr ulanish chizmasi:
1-generator; 2-kuchlanish rostlagichi; 3-stator cho‘lg‘amlari; 4-to‘g‘rilagich bloki;
5-uyg‘otish cho‘lg‘ami; 6-akkumulyator zaryadlanganligini bildiruvchi signal lampasi;
7-o‘t oldirish kaliti; 8-yuklama.
Ularning boshlang‘ich uchlari bir joyda tutashib, uch fazali tizimning «nol» hosil qiladi. Faza cho‘lg‘amlarining ikkinchi uchlari to‘g‘rilagich blokini qisqichlariga ulanadi. Rotor taramlangan valga presslangan ikkita biri ikkinchisining orasiga kirgan qarama-qarshi qutbli (biri shimoliy qutb N, ikkinchisi janubiy qutb S) olti uchli tumshuqsimon po‘lat o‘zaklardan va ular orasidagi po‘lat vtulkagacha o‘ralgan uyg‘otish cho‘lg‘amidan iborat. Uyg‘otish cho‘lg‘amining uchlari valdan va bir-biridan himoya qilingan mis kontakt halqalarga kavsharlangan.
Rotor qopqoqlariga o‘rnatilgan yopiq turdagi zo‘ldirli podshipniklarda aylanadi. Generatorni yig‘ish jarayonida podshipniklar yuqori sifatli konsistent moy bilan to‘ldiriladi va ishlatish davrida boshqa moylanmaydi. Alyuminiy qotishmalaridan, bosim ostida quyish yo‘li bilan tayyorlangan generator korpusi 9 va oldi qopqoq 10 ning ustki yuzasi bo‘ylab shamollatishga darchalar mavjud. Generator cho‘lg‘amlarining va to‘g‘rilagich blokidagi diodlarni sovitib turish uchun rotor valining oldi va orqa tomoniga ikkita parrak o‘rnatilgan.
Generator kuchlanishini rostlash uchun kichik o‘lchamli integral rostlagich ishlatilgan va u cho‘tka ushlagichga joylashtirilgan.
|
| |