• Ilashish muftasi
  • 1-rasm. Ilashish muftasining tuzilishi
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti




    Download 35,39 Mb.
    bet84/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    27-AMALIY MASHG‘ULOT


    «Ilashish muftasi mexanizmi va yuritmasini qismlarga ajratish va yig‘ish».


    MAQSAD: Ilashish muftasi mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ish ishlarini o‘rgatish
    MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:

      1. Ilashish muftasi mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ish;

      2. Uskuna va moslamalardan samarali foydalanish;

    MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;

      1. Ilashish muftasining vazifasi va tuzilishi;

      2. Ilashish muftasi mexanizmi detallarining vazifalari;

      3. Ilashish muftasi mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ishda texnika xavfsizlik choralari.

    MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
    Ilashish muftasi

    Ilashish muftasi uzatmani almashtirish yoki tormozlash vaqtida qisqa muddatga dvigatelni transmissiyadan ajratish hamda avtomobilni joyidan qo‘zg‘otish paytida ularni ohista qo‘shishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ilashish muftasi dvigatel ajratilmagan holda avtomobil keskin tormozlanganda yoki joyidan keskin qo‘zg‘olganda yuzaga keladigan ortiqcha yuklamalardan transmissiyani asraydi. Ilashish muftasi yetakchi va yetaklanuvchi disklar orasida vujudga keladigan ishqalanish kuchi hisobiga burovchi momentni kuch uzatmasiga uzatadi. TICO avtomobilida bir diskli, quruq, diafragma turidagi markaziy bosuvchi prujinali va yetakchi diskda aylanma tebranishlarni so‘ndirgichi bor ilashish muftasidan foydalanilgan.




    1-rasm. Ilashish muftasining tuzilishi


    1-ilashish muftasi karteri; 2-maxovik; 3-tirsakli val flanesi; 4-yetaklanuvchi disk; 5-uzatmalar qutisining yetakchi vali; 6-siquvchi prujina; 7-yetaklanuvchi disk; 8-ilashish muftasini ishga tushirish podshipnigi; 9-uzatmalar qutisi yetaklovchi valining podshipnigi; 10-uzatmalar qutisining yetaklanuvchi vali; 11-birlashtirish bo‘g‘ini; 12-ilashish muftasi.
    Ilashish muftasi mexanizm va yuritmadan tashkil topgan. Yetakchi qism maxovik (2) tirsakli val (3) siquvchi disk va maxovikka boltlar bilan mahkamlangan g‘ilof (12) dan tashkil topgan.
    Yetaklanuvchi qismga uzatma qutisining yetakchi vali (5) ga o‘rnatilgan yetaklanuvchi disk (4) kiradi. Ilashish muftasining yetaklanuvchi diski maxovikka siquvchi disk orqali diafragmali prujina (6) bilan bosiladi. Bu ilashish muftasining yetakchi va yetaklanuvchi qismlarini bir-biriga jips yopishishini va zarur ishqalanish momentini uzatmalar qutisining yetakchi valiga uzatish imkonini beradi.




    Download 35,39 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti

    Download 35,39 Mb.