|
-rasm. Nasosning ishlash sikli (davri)
|
bet | 69/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati4-rasm. Nasosning ishlash sikli (davri).
A-benzinni so‘rish; b-haydash; 1-benzinning kirishi; 2-nasos rotori;
3-roliklar; 4-roliklarning tayanch yuzasi; 5-benzinning chiqishi.
Nasos rotori (2) (4-rasm a) korpusiga (4) nisbatan ekssentrik joylashgan va elektromotor yakori bilan birgalikda aylanadi. Roliklar (4-rasm) statorning tayanch yuzasiga bosilgan holda rotorning ariqchalarida xarakatlanadi.
Nasosning ishlash prinsipi (tamoyili)
Rotor aylanayotganida kiritish teshigining (1) pastida hamda yuqorisida joylashgan ikkita rolik, stator yuzasi (4) va rotor (2) bilan chegaralangan o‘roqsimon bo‘shliqning hajmi ortadi.
Shu paytda, aytib o‘tilgan bo‘shliq benzin bilan to‘ladi. Rotor va u bilan birga roliklar 4-rasm b da ko‘rsatilgan holatni egallaganda roliklar orasidagi o‘roqsimon bo‘shliqning hajmi kamayadi, natijaa benzinni haydash magistraliga uzatilishi ta’minlanadi.
Reduksion klapan (2) (rasm 3 ga qarang). Tizimni bosim haddan ziyod ortib ketishidan saqlasa, teskari klapan (5) esa nasos to‘xtagandan so‘ng yonilg‘ini bakka oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:
Injektorli ta’minlash tizimiga ta’luqli plakat, albomlar, qo‘llanma;
MATIZ avtomobili;
Avtomobilni ko‘tarish moslamalari;
Maxsus moslamalar va kalitlar to‘plami;
Ehtiyot qismlar;
Dori-darmonlar to‘plami;
Yong‘inga qarshi uskunalar.
INJEKTORLI TA’MINLASH TIZIMINI QISMLARGA AJRATISH VA YIGʻISH TEXNOLOGIK JARAYONNING KETMA-KETLIGI (MATIZ avtomobili misolida)
Faoliyat turlari |
Asbob uskuna, moslama va ashyo.
| |
|
| |