• Moslama va materiallar
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti




    Download 35,39 Mb.
    bet53/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    17 - AMALIY ISH
    Podshipniklarni oqartirish va ularga babbit qo’yish


    Ishning maqsadi:

    1. Oqartirish.

    2. Podshipniklarga babbit qo’yish.

    Taxminiy ish ob’sktlari: po’lat listdan yasalgan buyumlar, podship-niklarning yaxlit va ajraladigan ichqo’ymalari.
    Jihozlar va asboblar: har xil egovlar, yassi va uch yoqli shaberlar, temirchilik qisqichi, yassi jg’ali ombur, jilvir qog’zi.
    Moslama va materiallar: kavsharlash lampasi, kislotaga bardoshli vanna, yuvish vannasi, babbit eritiladigan 2-3 l sig’imli tigelь, babbit quyiladigan cho’mich, xlorli rux eritmasi, xlorid kislotaning 25% li eritmasi, kaustik sodaning 10% li eritmasi, qalay, babbit, nashatir, latta-putta, kanop, tamponlar, brezent qo’lqop, himoya ko’zoynagi.



    Oqartirish

    1. Oqartiriladigan sirt

    1.Sirt egov, shaber va jilvir qog’oz bilan yaltiraguncha bir tekis tozalanadi.

    2. Oqartiriladigan sirtni kimyoviy usulda tozalash.

    2.Yuza 1-2 min davomida kaustik sodaning qaynab turgan 10% li erit­masi bilan yuviladi yoki metall yuzasi xlorid kislotaning 25% li eritmasi bilan ho’llab yoki detalь eritmaga botirilib yuviladi. Sirt suv bilan yuviladi va quritiladi. Xavfsizlik texnikasi qoida­lariga rioya qilinishiga alohida ahamiyat beriladi.

    3.Sirtni ishqalab oqartirish.




    3.Yuza xlorli rux eritmasi bilan qoplanadi va ustiga nashatir kukuni sepiladi. Yuza kavsharlash lampasi bilan qalayning erish haroratigacha qizdiriladi. Qizdirilgan sirtga nashatir kukuni sepiladi, yuzaga qalay chivig’i yaqinlashtiriladi va qalay butun oqartiriladigan yuza bo’ylab yoyiladi, so’ngra esa toza kanop bilan qalay butun yuzaga tekis ishqalanadi. Oqartirilmagan joylar tozalanib, takror oqartiriladi. Oqartirilgan sirt suv bilan yuvilib, quritiladi.



    4.Sirtni botirib oqartirish.




    4. Qalay tigelda eritiladi. Tozalangan detalь yassi jag’li ombur yoki temirchilik qisqichi bilan ushlanadi, xlorli rux eritmasiga botirilib, 1 min tutib turiladi, so’ngra eritilgan qalayga botirilib, 3-5min ushlab turiladi.
    Detalь qalaydan chiqarib olinadi va tigelь ustida qattiq silkitilib, ortiqcha qalay ketkaziladi. Oqartirilgan detalь suvda yuviladi.


    Download 35,39 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti

    Download 35,39 Mb.