|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 49/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiEslatma. SHaberlash sifati shabeorlangan yuzadagi (usta ko’rsatib beradi)dog’larning joylashish tekisligi va soniga qarab aniqlanadi.
6.Tekshirish ramkasi shaberlanayotgan yuzaning 2-4 joyiga qo’yiladi va bu kvadratdagi dog’lar soni sanab chiqiladi. Yuzani yaqin chetidan uzoq chetiga qaratib shaberlash kerak, shaberning butun kesuvchi qirrasi bilan ishlashiga e’tibor berish lozim (aks holda, ishlov berilayotgan yuzada chuqur tirnalishlar hosil bo’lishi mumkin). SHaberlash ikki usulda: homaki (dastlabki) va tozalab (uzil-kesil) amalga oshiriladi. SHaberlangan yuzaning sifati buyoq yordamida tekshiriladi: 25x25 mm yuzada 12-16ta bir tekis joylashgan dog’ hosil qilinadi (v).
Eslatma. SHaberlab bo’lingan yuzada chuqur, do’ng joylar va tirnalishlar hamda tob tashlashlar (qiyshayish-lar) bo’lmasligi kerak.
|
Yassi yuzalarni mexanik shaber bilan shaberlash
|
1.Yassi yuzani mexanik shaber yordamida shaberlash.
|
1. SHaberlash kallagi universal yuritmadagi egiluvchan valik shpindeliga biriktiriladi, kallakka shaber kiydiriladi va mahkamlanadi. SHaber yo’lining kattaligi rostlanadi: shaberlash aniqligi qancha yuqori bo’lsa, shaber yo’lining kattaligi shuncha kam bo’ladi. Kallak chap qo’l bilan «xartumi» dan, o’ng qo’l bilan esa dastasidan ushlanadi, shaber ishlov beriladigan detalga o’rnatiladi va yuritgich ishga tushiriladi. Yuza 2 - mashqda ko’rsatilgan barcha shaberlash qoidalariga amal qilgan holda, talab qilinadigan aniqlikkacha shaberlanadi.
|
SHaberlarni charxlash va qirovini to’kish
|
1.Yassi shaberlarni charhlash
|
1.CHarxlash stanogi to’siqlarning birligi va uning ishga yaroqliligi, charxtoshning mahkam va aniq o’rnatilganligi, charxtosh va podruchnik orasidagi tirqish (2-3 mm) -podruchnikning puxta mahkamlanganligi mavjud mahalliy yoritishning qoidaga muvofiqligi nuqtai nazaridan tekshiriladi.
Taglikning doiraga nisbatan holati me’yorlanadi, ximoya ekrani ochiladi, stanok ishga tushiriladi.
|
|
| |