Yassi yuzalarni qo’lda shaberlash




Download 35,39 Mb.
bet48/138
Sana20.01.2024
Hajmi35,39 Mb.
#141780
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
Bog'liq
Kasb mahorati

Yassi yuzalarni qo’lda shaberlash

1.Detaldagi shaberlash joylarini aniqlash.
Eslatma. Tekshirish taxtasidan yengilroq detallarni uning ustiga qo’yib va aksincha, og’irroq detallar ustiga taxta qo’yib tekshiriladi.


1.Taxtadagi moy va changlar artiladi. Tekshirish taxtasining sirtiga tam­pon bilan bir tekis qatlamda bo’yok surkaladi.
Xomaki mahsulot ishlov beriladigan yuzasi bilan tekshirish taxtasiga ohista qo’yiladi va uning yuzasi bo’ylab turli yo’nalishlarda bir tekis yurgiziladi.
Zagotovka ko’tarilib, shaberlanayot-gan yuzaning aniqligi tekshiriladi: yaxshi ishlov berilgan yuzalarda bo’yoq butun yuza bo’ylab bir tekis yotadi, sifatli ishlov berilmagan yuzalarda esa notekis qatlam paydo bo’ladi. Detalь qo’lga olinib, ishlov beri-ladigan yuzasi bilan taxtaga ohista qo’yiladi va butun taxta bo’ylab turli yo’nalishlarda bir tekis suriladi. Detalь ko’tarilib, shaberlanayotgan yassi yuzaning holati aniqlanadi (yuza bo’yoq dog’lari bilan qoplangan bo’lishi lozim). Agar yuza yaxlit bo’yoq qatlami bilan qoplantan bo’lsa, uni artib tashlab, amalni takrorlash zarur.

3.Yassi yuzani dastlabki shaberlash.
Eslatma. Dastlabki shaberlashdan maqsad yuzada dog’larni bir tekis joylashtirishdan iborat. Bunda to’g’ri enli (20-25mm) kesuvchi qirrali shaber qo’llaniladi.




  1. Yassi yuzani eng uzoqdagi chetidan shaberlashga kirishib, asta-sekin yaqindagi chetiga o’tiladi. Faqat bo’yoq surkalgan joylarigina shaberlanadi. SHaberlashning har bir davridan so’ng ishlov brilayotgan yuza quruq qilib artilib, taxta bo’yicha tekshirilgandan keyin yo’nalish 60—900 o’zgartirilib, takroriy shaberlash amalga oshiriladi.

4. Yassi yuzani uzil-kesil shaberlash. Eslatma. Uzil-kesil shaberlashda ensiz (10-15 mm) kesuvchi qirrali shaber qo’llaniladi.


4. SHaberlash yuqori sifatli chiqishi uchun amallar-operatsiyalar ketma-ketligiga rioya qilish kerak. Xomaki (dastlabki) shaberlash: oldingi ishlov berishdan qolgan chiziqchalar yo’qotiladi, eni 20-30 mm.li shaber bilan ish yo’li 10-15 mm qilib shaberlanadi, bunda shaber yo’nalishi uzluksiz o’zgartirib turiladi (har qaysi navbatdagi chiziq oldingisiga 900 burchak hosil qilib yo’nalgan bo’lishi kerak), 0,02-0,05 mm qalinlikdagi qatlam qirib olinadi, shaberlash sifati tekshirish taxtasidan yuqtiriladigan buyoqqa qarab aniqlanadi.
Yarim tozalab (nuqtaviy) shaberlash: taxtada bo’rtib turadigan joylar tekshiriladi, faqat bo’yalgan (eng ko’p burtib turadigan) joylargina shaberlanishi kerak, ish yuli 12-15 mm qilib yassi ensiz shaber bilan shaberlanadi, uning bir o’tishida yupqa (8-10 mm) metall qatlami qirib olinadi, ish yo’li eni 8-10 mm. li shaber bilan 4-5 mm qilib mayda qirindi chiqarib shaberlanadi.
Tozalab (pardozlab) shaberlash amalga oshiriladi, shaberga yengil bosilib, yupqa (8-10 mm) qatlam qirib olinadi, ish yo’li eni 5-10 mm.li shaber yordamida 4-5 mm qilib (mayda chiziqlar bilan) shaber­lanadi, yirik dog’lar ikkiga bo’lib, uzun dog’lar esa ko’ndalang yo’nalishda mayda bo’laklarga ajratib shaberlanadi.
25 x 25 mm.li yuzada 12-16 ta dog’ bo’lib, ular butun tekislik bo’ylab bir tekis joylashganda, shaberlashni tugallash kerak, shaberlashda hosil bo’lgan chiziklar shaxmat tartibida (kvadrat tarzida) joylashuvi lozim. SHaberlash anikligi uch-to’rt joyda ramka yordamida tekshiriladi.

5.Yassi yuzani “o’zigatomon” usulida shaberlash.

a)

b)


5.Xomaki mahsulot (prizma-1) chilangarlik girasiga (2) o’rnatiladi (a). SHaber o’ng va chap qo’l bilan o’rta qismidan (sterjenidan) qamrab ushlanadi. SHaberning yuqori uchi dastasi bilan yelkadan birmuncha teparoqqa tiraladi va shaber tig’i shaberlanayotgan yuzaga nisbatan 75-800 holatida joylashtiriladi(b).
Yuza shaber bilan “o’ziga tomon” harakat qilib shaberlanadi. SHaberlash yuzaning eng uzoq chetidan boshlanib, yaqin cheti tomon siljib boradi. SHaberlash va uning sifatini tekshirish tartibi “o’zidan” usulidagi shaberlash-dagidek.



6.SHaberlash sifatini tekshirish.

Download 35,39 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Download 35,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yassi yuzalarni qo’lda shaberlash

Download 35,39 Mb.