|
Detallarning ensiz tomonlarini ishqalab moslash
|
bet | 45/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiDetallarning ensiz tomonlarini ishqalab moslash
1.Bir detalning ensiz tomonini ishqalab moslash.
|
1.Detal enli yassi sirti bilan prizma yoki kubikka shunday tirkalishi kerakki, uning ensiz (ishqalanadigan) tomoni taxtaga tegib tursin. Kubik yoki prizma detal bilan birga ilgarilama-qaytma harakatlantirilib, ishqalash olib boriladi. Enli yassi sirtlarni ishqalashdagi kabi qoidalarga amal qilinadi. Zagotovka keng tekisligi bilan to’g’ri to’rtburchak qayroqtoshga siqib bosiladi. Ishqalab moslanadigan xomaki mahsulotga tekkizib qo’yilgan qayroqtosh ilgarilama-qaytma harakat- lantiriladi.
|
2. Bir necha detalning ensiz tomonlarini ishqalab moslash.
|
2.Detallar to’plam-to’plam qilib qisqichlarda qisiladi va tomonlari enli va yassi yuzadek ishqalanadi.
|
Egri chiziqli sirtlarni ishqalab moslash
|
1.Konus yuzani (tiqinni uyaga) ishqalab moslash.
|
Eslatma. Tiqinni konussimon teshikda faqat burabgina qolmay, shu bilan birga, aylantirish tiqinni esa goh oxiriga yetkazib, goh bir oz chiqarish lozim bo’ladi. Bunga “taqillatib ishqalash” deyiladi. Aks holda, detalda chuqur halqasimon chiziqchalar hosil bo’lishi mumkin.
1.Tiqin kerosin va moy aralashmasi bilan moylanadi, usti abraziv kukun yoki pasta bilan qoplanadi va uyaga (jumrak korpusidagi teshikka) kiritiladi. Tiqin galma-gal goh bir, goh ikkinchi tomonga 30-450 ga buriladi; bir necha harakat bilan o’z o’qi atrofida aylantiriladi. 12- 15 harakatdan so’ng metall qirindilari hamda abraziv material qoldiklari yuvib tashlanadi va kukun yoki pasta almashtiriladi.
|
2.Konus yuzalarini ishqalab moslash sifatini tekshirish.
|
2.Konussimon yuzalarni ishqalab moslash sifati bo’r yoki rangli qalam bilan tekshiriladi, tiqinning konussimon sirti bo’ylab bo’r bilan chiziq chiziladi, u teshikka kiritilib, yengil bosib 1-2 marta to’liq aylantiriladi (chiziq uchib ketsa, demak, moslash yaxshi amalga oshirilgan).
Qalam vositasida tekshirish o’tkaziladi. Tiqinning konus yuzasi bo’ylab qalam bilan chiziq chiziladi, tiqin vtulka ichiga kiritilib, sal buraladi.
Germetikligi tekshiriladi. Ishqalangan yuzalar quruq qilib artiladi, buyumlar zich biriktiriladi va jumrak teshigiga kerosin quyiladi (ishqalab moslash sifati yaxshi bo’lganida, kerosin yuzalar oralig’idan 2 min davomida sizib o’tmasligi kerak).
|
3.Tashqi tsilindrik sirtni ishqalab moslash.
Eslatma. Tashqi tsilindrik sirt ishqalagich diametriga teng bo’lishi lozim.
|
3.Ishqalagich yuzasi kukun yoki pasta bilan qoplanadi. Ishqalagich bo’shatiladi, unga buyum qo’yilib, bir-biriga zich kelguncha rostlash murvatlari bilan qisiladi. Buyum ishqalagichda (yoki ishqalagich buyumda), shu bilan bir vaqtda ishqalagich buyum o’qi bo’ylab (yoki buyum ishqalagich bo’ylab) yurgizilib, aylantiriladi. Ishqalanayottan yuza sifati (tekisligi, xira sifatligi va h.k.) ko’z hamda qalam bilan tekshiriladi.
|
|
| |