|
To’g’ri chiziq shaklli («qaldirg’och quyrug’i» ko’rinishli) ikki
|
bet | 43/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiTo’g’ri chiziq shaklli («qaldirg’och quyrug’i» ko’rinishli) ikki
detalni moslash
1.Tutashadigan bitta detalni (ichqo’yma-vkladishni) to’lik, yasash.
|
1.Xomaki max, sulotning enli tekisliklari chizg’ich bilan tekshirilib, o’lchami bo’yicha egovlanadi. Ichqo’ymaning bazali tomoni (qirrasi) (1) chizg’ich bilan tekshirilib egovlanadi. Ichqo’yma qirralari (2, 3 va 4) chizg’ich va go’niya bilan tekshirilib, o’lchami bo’yicha egovlanadi. Ichqo’ymaning o’tkir burchaklari po’lat arra bilan qirqib olinadi.
5va 6-qirralar 1-qirraga parallel, so’ngra esa burchak andozasi bilan tekshirilib, 7va8-qirralar 4-qirraga nisbatan 600 burchak hosil qilib egovlanadi.
|
Dastlab ikkinchi tutashma detalni (o’ymani) yasash.
|
2. Enli tekisliklar va bazali tomon (qirra) chizg’ich bilan tekshirib egovlanadi. O’yma chizma bo’yicha rejalanadi va chizg’ich hamda go’niya bilan tekshirilib, o’lcham bo’yicha o’ymaning (2, 3 va 4) qirralari egovlanadi. Ichqo’yma ariqchasi (pazi) parmalanadi va qo’l arra bilan qirqib olinadi. Oxirgi ishlovga 0,1—0,2 mm qo’yim qoldirilib va ariqcha yon qirralarining o’yma o’qiga nisbatan simmetrik bo’lishiga qat’iy rioya qilinib, dastlab arichaning qirralari (5, 6 va 7) egovlanadi.
|
3.O’ymani ichqo’yma bo’yicha moylash.
|
3.O’yma ariqchasining qirrasi to’liq, (6) (chuqurligi va bazali tomoni 1-qirrraga parallelligi bo’yicha) egovlanadi.
Ariqchaning qirralari (5,7) navbatma-navbat egovlanib, o’yma ariqchasi ichqo’yma chizig’i bo’yicha moslanadi. Agar ichqo’yma o’yiqqa va 1800 ga mumkin bo’lgan har ikki burashning istalganida qo’l yordamida tig’iz, yorug’lik tirqishisiz, tebranmasdan va qiyshaymasdan kirsa, moslash aniqligi yetarli darajada deb hisoblanadi.
|
- yuzalarni ishqalab moslashga tayyorlash, shuningdek, homaki mahsulotlarning o’lchamlarini va ishqalab moslash hamda shu amal bajarilgan yuza sifatini aniqlash usullarini; bu ishda qo’llaniladigan materiallar, asboblar va moslamalarni; xavfsizlik qoidalarini o’rganish.
- zagotovkalarning yuzalarini ishqalab moslash uchun zarur materiallar, asboblar va moslamalarni tayyorlash; taxtada zagotovkalarning keng va ensiz yuzalarini, tsilindrik juvalarni va konussimon juftlarni ishqalab moslash; moslashda xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish; ishqalagichlarni sharjirlash kabi amallarni egallash lozim.
|
| |