|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 39/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati13 - AMALIY ISH
Parchinli birikmalar yasash
Ishning maqsadi:
- parchin mix birikmalarining turlarini;parchinlashningvazifasi va usullarini; bu ishda qo’llaniladigan asbob vamoslamalarni; ish o’rnini tashkil qilish, ishlash xavfsizligiqoidalarini; parchiilash bolg’achalari bilan ishlash usullarinifoydalanish kabi qoidalarini o’rganishlari.
- teshiklar rejalash, parmalash va zenkerlash; yarim doiraviy,yashirin va yarim yashirin kallakli parchin mixlarning uzunliginianikdash; sharnirli choklarni, bitga va ikkita ustqo’yma bilan vaustma-ust qo’yib parchiilash; pnevmatik bolg’achalarda ishlash; isho’rnini tashkil qilish; xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilishkabi amallarni egallashlari lozim.
Ishning vazifasi:
Detallarni parchinlashga tayyorlash.
Yashirin kallakli qilib parchinlash.
Yarim yumaloq kallakli qilib parchinlash.
Pnevmatik parchinlash bolg’asi bilan parchinlash.
Taxminiy ish ob’ektlari: o’quv plastinalari, qo’l arra, uning dastgohiga tegishli detallar, ishlab chiqarish anjomlari va yassi jag’li omburlar.
Asboblar: 500—600 g. li chilangarlik bolg’alari, rejalash asboblari (rejalash tsirkuli, chizg’ich, kerner), o’lchash aniqligi 0,1 mm. li shtangentsirkullar, o’lchov chizg’ichlari, har xil parmalar, turli burchakli zenkovkalar, 2 va 3-raqamli tishli egovlar, chilangarlik qo’l arralari, parmalash stanogi, yengil va o’rtacha pnevmatik va elektr parmalagichlar, pnevmatik parchinlash bolg’alari.
Moslama va materiallar: turli qisqichlar, tutqichlar, qo’l gira, har xil tortqichlar, yarim yumaloq va yashirin kallakli 5—12 mm. li po’lat yoki alyuminiy parchin mixlar.
Detallarni parchinlashga tayyorlash
|
1.Parchin chokni rejalash.
|
1.Ustma-ust qilib parchinlash uchun chok faqat bir detalda rejalanadi. Uchma-uch qilib parchinlashda faqat ust qo’yma rejalanadi.
Rejalashda parchin mixlar orasidagi qadam t parchin mix markazidan detal chetigacha bo’lgan masofaga amal qiladi:
bir qatorli chokda t=3d; a=1.5d;
ikki qatorli chokda t=4d; a=l,5d.
Bu yerda: d- parchin mix diametri.
Parchin mix diametri d-ni tanlash
parchinlanadigan listlar qalinligiga bog’liq (mustaqil birikmalar) uchun d=2P eng kam, bu yerda: Reng kam – parchinlanadigan detallarning eng kam qalinligi).
|
2. Teshiklar parmalash va parchin mixlar kallaklari uchun o’rinlar zenkovkalash.
|
2. Parchin mix diametriga mos parma tanlanadi, mm.
Parmalar diametri quyidagi jadval-dan qaraladi.
|
parchin mix diametri, mm
|
2,0
|
2,3
|
2,6
|
3,0
|
3,5
|
4,0
|
5,0
|
6,0
|
7,0
|
8,0
|
parma diametri, mm
|
2,1
|
2,4
|
2,7
|
3,1
|
3,6
|
4,1
|
5,2
|
6,2
|
7,2
|
8,2
|
|
|
Detallar bir – biriga jipslanib, qo’l
gira yoki qisqichlar yordamida o’zaro qisiladi.
|
|
Reja bo’yicha bir yo’la ikkala detalda parchin mixlar uchun teshiklar parmalanadi. Parchin mixlarning yashirin kallaklari uchun shu mixlarning 0,8 diametriga teng chuqurlikda o’rinlar (uyalar) zenkovkalanadi. Yarim yumaloq kallaklar joylashadigan detalda parma yoki zenkovka yordamida 1,0- 1 ,5 mm. li raxlar olinadi.
|
|
|
| |