|
Pnevmatik parchinlash bolg’asi bilan parchinlash
|
bet | 41/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiPnevmatik parchinlash bolg’asi bilan parchinlash
1. Parchinlash bolg’asi vositasida parchinlash.
Eslatma. Parchinlash bolg’asi vositasida parchinlashni ikki kishi bajaradi: bir kishi parchin mixning quyma kallagini tutqich yordamida ushlab turadi, ikkinchisi esa kallakni parchinlash bolg’asi vositasida parchinlaydi.
|
1. Parchinlash bolg’asi siqilgan havo tarmog’ining rezina shlangiga ulanadi, tarmoq jumragi ochiladi va tepkiga bosilib,salt yurishda bolg’a ishi tekshiriladi.Parmalangan teshikli parchindanadigan listlar girada qisiladi. Parchin mix teshikka tiqiladi va quyma kallak tutqich o’yig’iga tirkaladi. Pnevmatik parchinlash bolg’asining tanasiga qisqich o’rnatiladi, bolg’a dastasi o’ng qo’lda ushlanib, chap qo’l ga eca bolg’a tanasi olinadi va kisqich parchin mixning chiqib turgan uchiga o’rnatiladi. Bolg’a ishga tushiriladi va qisqich bilan bolg’a parchin mix kallagi atrofida yengilgina aylantirilib, parchin mix kallagi shakllantiriladi. Kolgan parchin mixlar ham shu usulda parchinlanadi. Ish tugatilgach, siqiq havo tarmog’idagi jumrak berkitiladi va faqat shundan keyingina rezina shlangi bolg’adan ajratiladi.
|
Parchinli birikmalar yasashda xavfsizlik qoidalari
Parchinlash bolg’achasi dastaga mahkam o’rnatilgan bo’lishi kerak, chunki nobop o’rnatilgan bolg’acha chiqib ketib, yonida ishlayotgan kishini shikastlashi mumkin.
Bolg’achalarning muhralarida, shuningdek, qisqichlarda o’yilgan va darz ketgan joylar bo’lmasligi kerak (bundan kamchiligi bor muhra yoki qisqich ish vaqtida bir necha bo’laklarga bo’linib, parchalari bilan ishchiga va uning yonidagilarga jarohat yetkazish havfi bor).
Parchinlash bolg’achasi zarblarining tezligini to’g’rilashda qisqichni qo’l bilan ushlab turish yaramaydi, chunki zarb kuchli bo’lganida qo’lga og’ir shikast yetkazishi ehtimol.
Tutqichni qo’llarda qisib ushlash yaramaydi, uni faqat parchin mixga yo’naltirib turish lozim (parchin mix kallagining cho’ktirilishi tutqich massasiga bog’liq).
Parchinlash bolg’achasidan chiqadigan shovqinning eshitish a’zolariga ta’sirini kamaytirish uchun quloqchinlardan foydalanish lozim; bundan tashqari, ishlov beriladigan detallarni maxsus ostqo’ymalarga o’rnatish, tovushni izolyatsiya qiladigan pardevorlar qo’yish darkor.
Ish vaqtida muxralar chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydigan moslamalar (prujinalar va hokazolar) dan foydalanish zarur.
|
| |