• Enli yasen sirtlarni ishkalash 1.Yassi sirtlarni ishqalash. Eslatma.
  • Ishqalab moslashga tayyorgarlik ko’rish




    Download 35,39 Mb.
    bet44/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    Ishqalab moslashga tayyorgarlik ko’rish

    1.Abraziv kukunlar va pasta tayyorlash.

    Eslatma. Detalь sirtlari silliqlanib, mexanik ishlovga tortilganidan yoki shaberlanib chilangarlik ishlovi berilganidan keyin ishqalab moslanadi: yuzada tilinish, tirnalishlar bo’lmasligi kerak.
    1.Sirt tozaligiga nisbatan qo’yiladigan talabga ko’ra, kukun yoki pasta tanlanadi: dag’al kukun va pastalar sirtni xiralashtiradi, o’rtachalari unga ko’proq tozalik bag’ishlaydi, mayini esa oynadek yaltiratadi.

    1. Ishqalash taxtasini tayyorlash na uni ishqalab moslashga hozirlash.





    2.Avvaliga ishqalash taxtasining mustahkamligi ko’zdan kechiriladi, keyin ishqalab moslanadigan xomaki mahsulot yuzasi tekshiriladi. Yuza aniq jilvirlangan yoki shaberlangan bo’lishi kerak (ishqalab moslash uchun qo’yim 0,01-0,02 mm): yuzada tirnalishlar, o’yiqlar bo’lmasligi lozim.
    Ishqalab moslanadigan o’lchamlar hamda shaklga qarab, ishqalagich shakli va o’lchami tanlanadi ; dastlabki ishqalab moslash ariqchali taxtada bajariladi keyin silliq, taxta yordamida uzil-kesil ishqalab moslash amalga oshiriladi. Bu usulda moslanadigan yuza benzin yoki kerosin bilan yuvilib, latta bilan quruq qilib artiladi. Ishqalab moslash materialini tanlash (dastlabki ishqalab moslashda 1 yoki 2-raqamli abraziv kukundan foydalaniladi, u idishga solinib, yarim suyuq massa-bo’tqa hosil bo’lgunga qadar kerosin yoki suyuq mine­ral moyda qoriladi).

    Enli yasen sirtlarni ishkalash

    1.Yassi sirtlarni ishqalash.
    Eslatma. Qaliniligi 5-6 mm.dan oshmaydigan detalь va buyumlarning yassi sirtlari ishqalab moslash uchun yog’och taxtachaga mahkamlanadi.




    1.Buyum (yoki buyum mahkamlangan yog’och taxtacha) taxta ustiga ishqalanadigan sirti bilan qo’yiladi va unga sal bosib, butun taxta sirti bo’ylab ilgarilama-qaytma yoki doirasimon harakat qilib yurgiziladi. 20-30 harakatdan so’ng ishqalanayotgan yuzadan metall qirindilari olib tashlanib, u pasta yoki kukuning yangi qatlami bilan qoplanadi. Tegishli buyum turi olinguncha sirtga galma-gal pasta yoki kukun qoplab shqalanadi.
    Diametri 10 mm.dan ortiq yumaloq ishqalagich - taxtaning ish yuzasi kerosin bilan yuvilib, quruq qilib artilgach, unga abraziv kukun yupqa qatlam qilib sepiladi. Abraziv to yumaloq ishqalagichga bir tekis botib kirgunga qadar boshqa taxta yordamida yumalatiladi, ishqalagich tayyorlan-ganidan keyin abraziv kukunning qolgani olib tashlanadi, taxta mashina moyi bilan yengil moy-lanadi va ishqalagich detalga ishlov bergunga qadar qo’shimchasiz ishla-tiladi. Ariqchali ishqalagich yuzasiga (a) tampon bilan ishqalanadigan massa yupqa va bir tekis surkaladi. Zagotovka ishqalab moslanadigan tekisligi bilan ariqchali ishqalagichga qo’yiladi va unga yengil bosib, ishqalagichning butun yuzasi bo’ylab 5-8 aylanma harakat qildiriladi (b). U xira yoki yaltiroq ko’rinishga kelguniga qadar silliq taxtada tozalab (uzil-kesil) ishqalash bajariladi. Yarqiroq yuza hosil qilishda ishqalash yog’ochdan yasalib, sirtda suyultirilgan vena ohagi bilan qoplangan yog’och ishqalagich vositasida tugatiladi.


    Download 35,39 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishqalab moslashga tayyorgarlik ko’rish

    Download 35,39 Mb.