|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 47/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiJihoz va asboblar: 3-raqamli tishli, uzunligi 250—300 mm. li tumtoq uchli yassi egovlar, har xil yassi shaberlar, “o’ziga tomon” shaberlash uchun shaberlar, uzunligi 175 mm. li tekshirish chizg’ichlari, tekshirish taxtalari, charxlash stanogi, mexanik shaberga universal yuritgich.
Moslama va materiallar: parallel gira, giraga qo’yma jag’lar, dog’lar sifatini tskshirish uchun 25x25 mm.li ramka, bo’yoq- lazurь (qorakuya), mashina moyi, latta-putta, tamponlar, abraziv qayrovlar, shaberlarning qirovini to’kish uchun qayroqlar, mexanizmlar vositasida shaberlashda zarur ashyolar.
SHaberlashga tayyorlash
|
1.Detalning yassi yuzalarini shaberlashga tayyorlash.
Eslatma. Yuzalar mexanik yoki chilangarlik ishlovidan so’ng 0,5 mm gacha aniqlikda shaberlanadi. SHaberlanayotgan yuzada chuqurchalar va tirnalishlar bo’lmasligi lozim.
|
1.Yuza lekalo chizg’ichi bilan tekshiriladi (yuzaga 0,1 mm aniqlikda mexanik yoki chilangarlik ishlovi berilgan bo’lishi kerak, yuzada tirnalishlar va ayniqsa chuqur chiziqchalar bo’lmasligi lozim). Agar yuzada botiqlar yoki chuqur tirnalishlar bo’lsa, u kerakli sifat darajasiga yetkazilguncha ayqash chiziqlar tushirish usulida egovlanadi.
|
2.Bo’yoq tayyorlash va bo’yoqni egovlash.
|
2.Maydalangan lazurь, qurum yoki qo’rg’oshin so’rig’i olinib, bankachaga joylanadi va ustidan mashina moyi qo’yiladi. Aralashma qaymoq quyuqligiga kelguncha yaxshilab aralashtiriladi (chuqur zarrachalar va qattiq qo’shilmalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi). Bo’yoqni bir bo’lak gazlamaga qo’yib, tampon ko’rinishida bog’lash va bo’shagan bankachaga solib qo’yish kerak (tamponni quruq bo’yoq ustiga qo’yish yoki moy shimitib, buyoqqa qo’yish mumkin emas). Xomaki mahsulot yuzasini bo’yoqqa qarab egovlab, shaberlashga tayyorlashda:
g’adir-budurliklar va qirindilar to’liq ketkaziladi;
zagotovka shaberlash uchun yaramaydigan tutilgan taxta ustiga qo’yilmaydi;
yarim tayyor mahsulot taxtaning faqat o’rtasidan emas, balki butun yuzasi bo’ylab yurgiziladi; detal egovning aylanma harakati bilan egovlanadi;
detal yuzasida chuqur chiziqchalar hosil bo’lmasligi uchun egov tez-tez tozalab turiladi, uni kuch bilan bosmaslik, detalga bo’ylama harakat bilan ishlov bermaslik kerak; detal bo’r surkalgan mayda tishli egov bilan uzil-kesil egovlanadi; detalning egovlanish sifati tekshiriladi va uning yuzasiga bo’yoq surkalganda ko’p qismida (albatta, chetlarida ham) katta-katta bo’yoq dog’lari hosil bo’lishi kerak. Taxtadan bo’yoq ketkaziladi (moy bilan ishqalab tozalanadi va quruq qilib artiladi).
|
|
|
| |