|
Namangan Muhandislik Texnologiyalari Instituti “Avtomatika va Energetika” fakulteti “Energetika” kafedrasi
|
Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #112580 |
Bog'liq Ma\'ruza-3 - Namangan Muhandislik - Texnologiyalari Instituti
- “Avtomatika va Energetika” fakulteti
- “Energetika” kafedrasi
- “Elektr stansiya va podstansiyaning elektr qismi”
- fanidan
- 3-Ma’ruza mashg’uloti uchun
- TAQDIMOT ISHI
Generatorlarning sovitish tizimi. Xavo bilan sovitish tizimlari. - Generatorlarning sovitish tizimi. Xavo bilan sovitish tizimlari.
- Reja:
- Generatorlarda qo‘llaniladigan izolyasiya sinflari.
- Generatorlarni havoli ochiq sovitish tizimi.
- Generatorlarni havoli yopiq sovitish tizimi.
Qizish temperaturasi ruxsat etilgan qiymatlardan ortmasligi uchun elektr stansiyalaraing hamma generatorlari sun’iy sovitiladigan qilib tayyorlanadi. - Qizish temperaturasi ruxsat etilgan qiymatlardan ortmasligi uchun elektr stansiyalaraing hamma generatorlari sun’iy sovitiladigan qilib tayyorlanadi.
- Stator va rotorning qizigan chulg‘amlaridan issiqlikni olib ketish usuliga karab bilvosita va bevosita sovitish bo‘ladi.
- Bilvosita sovitishda rotor toretsiga o‘rnatilgan ventilyator yordamida sovituvchi gaz (havo yoki vodorod) generator ichiga yuboriladi va havo oralig‘i, hamda ventilyasiya kanallari orqali haydaladi. Bunda sovituvchi gaz stator va rotorning chulg‘amlarining o‘tkazgichlariga tegmay o‘tadi va ular ajratayotgan issiqlik gazga katta «issiqlik to‘sig‘i» - chulg‘amlarning izolyasiyasi orqali o‘tadi.
- Bevosita sovitishda sovituvchi modda (gaz yoki suyuqlik) izolyasiya va tishlarning po‘latiga tegmasdan, generator chulg‘amlari o‘tkazgichlariga bevosita tegib o‘tadi. Havo bilan sovitish. Havo bilan sovitishning ikki tizimi: oqimli va berk tizimi mavjud.
- Oqimli sovitish tizimidan kamdan-kam va faqat quvvati 2 MVA gacha bo‘gan turbogeneratorlarda, shuningdek quvvati 4 MVA gacha bo‘lgan gidrogeneratorlarda qo‘llaniladi. Bunda generator orqali mashina zalidagi havo haydaladi, u stator va rotor chulg‘amlarining izolyasiyasini tez ifloslaydi, natijada generatorning xizmat qilish muddatini qisqartiradi.
- Berk sovitish tizimida ma’lum o‘zgarmas hajmdagi havo berk kontur bo‘yicha aylanadi. Bunday sovitishda havoning aylanishi turbogeneratorlar uchun sxematik ravishda 1 - rasmda ko‘rsatilgan. Havoni sovitish uchun trubkalari orali suv uzluksiz aylanib turadigan havo sovitgich 1 xizmat qiladi. Mashinada qizigan havo patrubka 2 orqali qizigan havo kamerasi Z ga chiqadi, so‘ngra havo sovitgich va sovuq havo kamerasi 4 orqali o‘tib yana mashinaga qaytadi. Sovuq havo mashinaga uning ichiga o‘rnatilgan ventilyator 5 yordamida haydaladi. Aktiv qismi uzinligi katta bo‘lgan generatorlarda sovuq havo mashinaning ikki tomonidan yuboriladi.
Aktiv qismi uzunligi haddan tashqari katta, havo oralig‘i esa kichik bo‘lgan turbogeneratorlarni sovitish samaradorligini orttirish maqsadida ventilyasiyaning ko‘p oqimchali radial sistemasi qo‘llaniladi. Buning uchun turbogeneratorning sovitish tizimi vertikal tekisliklar 6 bilan qator seksiyalarga bo‘linadi. Havo har bir seksiyaga havo oralig‘i (I va III seksiyalarda) yoki maxsuc o‘qiy kanal 7 (II seksiyada) orqali kiradi. - Aktiv qismi uzunligi haddan tashqari katta, havo oralig‘i esa kichik bo‘lgan turbogeneratorlarni sovitish samaradorligini orttirish maqsadida ventilyasiyaning ko‘p oqimchali radial sistemasi qo‘llaniladi. Buning uchun turbogeneratorning sovitish tizimi vertikal tekisliklar 6 bilan qator seksiyalarga bo‘linadi. Havo har bir seksiyaga havo oralig‘i (I va III seksiyalarda) yoki maxsuc o‘qiy kanal 7 (II seksiyada) orqali kiradi.
- Qizigan qismlarning sovituvchi havo tegadigan yuzalarini orttirish uchun mashinaning aktiv po‘latida ventilyasion kanallar tizimi qilinadi. Qizigan havo po‘latdagi radial ventilyasion kanallardan o‘tib, olib ketuvchi kamera 8 ga o‘tadi. Qo‘p oqimchali ventilyasiya turbogeneratorning butun uzunligi bo‘yicha bir xil sovishini ta’minlaydi.
- Tashqariga havoning qisman chiqishdan hosil bo‘ladigan isrofni to‘ldirish uchun sovuq havo kamerasiga o‘rnatilgan qo‘shaloq moy filtr 9 orqli qo‘shimcha havo olish ko‘zda tutilgan.
- Sinov savollari
- Sinxron elektr mashinalari uchun turg‘un ish rejimida agregatning aylanish soni chastotasi bilan tarmoq chastotasi orasida qanday muvofiqlik bor?
- Sinxron va asinxron moshinalarni ishga tushirtirish farki.
- Gidrogeneratorning konstruksiyasining o‘ziga xos tomonlari.
Foydalanilgan adabiyotlar. - Foydalanilgan adabiyotlar.
- 1. Allaev Q.R., Siddiqov I.X., Hakimov M.H., Ibragimov R.I., Siddiqov O.I., Shamsutdinov H.F. «Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi».-O‘quv qo‘llanma, T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014. 304 b.
- 2. Рожкова Л.Д. Карнеева Л.К. Чиркова Т.В. «Электрооборудование электрических станций и подстанций» 4-издания –М.: Издательский центр «Академия», 2007.
- 3. Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007.
- 4. Jeff Keljik Electricity 3, Power generation and delivery2009, Delmar Cengage Learning, USA
|
| |