3-tajriba ishi
Mavzu: Lokal kompyuter tarmog’ini tashkil etish. Kompyuterli
boshqarish tarmog’ida protsessorni optimal tezligini aniqlash.
Ishdan maqsad: Cisco Packet Tracer dasturi yordamida Lokal kompyuter tarmog’ini tashkil etishni
o’rganish. Lokal kompyuter tarmog’ida protsessorning optimal tezligini aniqlash ko’nikmasiga ega
bo’lish.
Cisco Packet Tracer dasturi Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya
tarmoqlari va tarmoq uskunalarini o'rganishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Packet Tracer
dasturiy ta'minoti asosida turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlari, ishchi stantsiyalari
va Ethernet, Serial, ISDN, Frame Relay kabi tarmoq ulanishlaridan tarmoq topologiyasini yaratish
mumkin. Simulyatorning funktsiyalari mashg'ulot uchun ham,
ish uchun ham, rejalashtirish
bosqichida tarmoqni sozlashda ham mos bo'lishi mumkin.
Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi
Cisco Packet Tracer dasturi yuklangandan so’ng ekranda 3.1-rasmda tasvirlangan oyna hosil
bo’ladi.
Oynaning yuqori qismida dastur nomi (Cisco Packet Tracer), kompyuter tarmog’i modelini
o’zida saqlovchi fayl nomini o’z ichiga olgan
sarlavha qismi joylashgan, shuningdek, oyna
o’lchamini o’zgartiruvchi, uni ixchamlashtiruvchi yoki yopuvchi standart
boshqarish tugmalari
joylashgan.
3.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi.
Sarlavhaning pastki qismida menyu osti bo’limlarini o’z ichiga olgan
bosh menyular