Agar kursorni yashil indikator ustiga o’tkazsak, biz ushbu ulasnish qaysi portda amalga
oshirilayotganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi (3.13-rasm).
3.13-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
4.
Xostlarda IP-adres va tarmoq osti maskalarini sozlash.
Xostlar orasida xabarlar almashishimiz uchun, dastlab qurilmalarda IP- adreslar va tarmoq osti
maskasini sozlashimiz lozim bo’ladi.
PC0 ga
sichqoncha
yordamida
bir
marta bosing. Oxirgi bog’lama xususiyatlari oynasining
Physical bo’limi ochiladi (3.14-rasm).
3.14-rasm. Oxirgi qurilma (kompyuter)ning Physical bo’limi.
Kompyuterning fizik ko’rinishini o’zgartirishsiz qoldiramiz, shuning uchun birdaniga Config
bo’limi sozlamalariga o’tamiz (3.15-rasm).
Laboratoriya topshiriqlari
Tarmoq modelini quyidagi jadvalda berilgan qurilmalardan foydalanib quring