• Grafik muharrir
  • -Mavzu: Grafik obyektlarda oddiy va murakkab vektor effektlarini qo‘llash. Reja




    Download 39,74 Mb.
    bet16/230
    Sana19.09.2024
    Hajmi39,74 Mb.
    #271664
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi darslik

    4-Mavzu: Grafik obyektlarda oddiy va murakkab vektor effektlarini qo‘llash.


    Reja:

    1.Grafik muxarririni haqida tushuncha
    2.Kompyuter grafikasining axamiyati
    3. Oddiy va murakkab vektor effektlar
    Grafik dasturlarning keng foydalanishga ehiyoj Internetning rivojlanishi, eng avvalo millionlab alohida "sahifa"larni yagona to’rga birlashtiruvchi WWW xizmati bilan bog’liq ravishda sezilarli darajada oshdi.
    Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxxasislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa soxalarda muxim rol o’ynamoqda. Uning ayniqsa, matbaa sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang - barang suratli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishiga yuksak bezak texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.
    Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir
    Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi:
    - rastrli grafika
    - vektorli grafika
    - fraktal grafika.
    Ular bir-biri bilan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqilishi bilan farqlanadi.
    Dastlabki rastrli va vektorli grafikasi orasidagi farqi grafik tasvirni yaratish texnologiyasi, aks ettirish uslubi, tahrirlash va sahilashda bilinadi. Qisqacha qilib bu farqni shunday tushuntirish mumkin: nuqtali grafikada tasvirning minimal elementi nuqta hisoblanadi, vektorli grafikada esa - egri chiziqdir..
    Rastrli qurilmalarda tasvirlarni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr - bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
    Nuqtali rasm koordinatalar va rangga ega bo’lgan nuqtalar to’plamidan iborat. Grafik muharrir bu rasmni nuqtalarni ketma-ket chizgan holda tasvirlaydi. Oddiy holda nuqtali tasvirdan iborat bo’lgan fayl - rasmni birin-ketin hosil qiluvchi nuqtalar ketma-ketligi va ularning ranglarini o’z ichiga oladi. Minglab yillardan beri yaratib kelinayotgan rangtasvir asarlarini nuqtali grafikaning ilk ko’rinishi deyish mumkin. Atrofimizdagi olamda biz faqiat nuqtali tasvirlarni ko’ra olamiz. Fotosurat, rasm, izlar, tasvirlar ko’zimizda nuqtali xarakterda aks etadi.
    Vektorli grafikaning asosiy elementi - chiziqdir.
    Vektorli tasvirlar deb - tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko’rinishga ega bo’lgan geometrik ob'ektlar to’plamiga aytiladi. Bunday ob'ektlarga misol tariqasida to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko’p burchaklar, kesmalar va chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi har bir ob'ekt uchun ularning tashqi ko’rinishlarini o‘zgartirish imkonini beradigan boshqarish parametrlari mavjud. Nuqtali tasvirlardan farqli ravishda vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo’lishi mumkin.
    Vektorli tasvirlarni nuqtali tasvirlarga aylantirish foydalanuvchi ishtirokisiz, amaliy dastur tomonidan amalga oshiriladi. Lekin nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirga aylantirish foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi.
    Vektorli grafika asosida giometrik figuralarning xossalari haqidagi matematik tasavvur yotadi. Vektorli grafikaning matematik asoslari bu nuqta, to’g’ri chiziq, kesma, ikkinchi va uchunchi tartibli egri chiziqlardir. Nuqta tekislikda ikkita son bilan (x,y) aniqlanadi. To’g’ri chiziq esa ikkita parametrga ega bo’lgan y=ax+b tenglama orqali aniqlanadi. Agar bu to’g’ri chiziq x o’qida ikkita x1 va x2 koordinatalari bilan chegaralansa u kesmani ani?laydi. Ikkinchi tartibli egri chiziqqa parabola, giperbola, ellips va aylanani misol qilish mumkin. Bu ikkinchi tartibli egri chiziq tenglamasi umumiy holda quyidagicha:
    x2+a1y2+a2xy+a3x+a4y+a5=0.
    Kompyuterda vektorli tasvirlar bilan ishlash nuqtali tasvirlar bilan ishlashga qaraganda ancha oson. Hozirda vektorli tasvirlar yaratuvchi amaliy dasturlar mashina grafikasining asosini tashkil qiladi.
    Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko'riladi.. Fraktal grafikada esa tasvirlarni matematik hisoblashlar yordamida avtomatik o’zgartirib ko’paytirish yo’li chiroyli manzaralar hosil qilinadi. Fraktal kompozisiya yaratish chizish yoki shakl berish emas, balki dasturlashga asoslanadi. Teleko’rsatuvlar va reklamalarni badiiy bezashda ishlatiladi.
    Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarini yaratishda ko’proq qo'llaniladi.
    Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo'llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
    Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo'llaniladi.
    Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
    • tijoratga oid
    • namoyishlarga oid;
    injenerlikka oid;
    • ilmiy;
    • ko'rgazmaviy;
    • animatsion;
    Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axbo-rotlar ShEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa ko'rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma 'him joylarda shartli belgili izohlar bilan ta'minlanadi.
    Tiiorat grafikasiga tegishli bo'lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchiningsiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o'zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa, o'z navbatida, barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ko'rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to'plamini tahlil qilish imkonini beradi.
    Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
    Xozirgi ko’nga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.
    Кompyuter grafikasi va animasiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko’ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
    · poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
    · ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
    · taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar;
    · ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
    · uch o’lchamli animasiya dasturlari;
    · ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
    · ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari;
    · videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
    · ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
    Кompyuter grafikasi va animasiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va o’qitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi.

    Download 39,74 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230




    Download 39,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Grafik obyektlarda oddiy va murakkab vektor effektlarini qo‘llash. Reja

    Download 39,74 Mb.