|
-Mavzu Grafik farmatlarni taqqoslash va ularga qo‘yiladigan talablar..
Reja
|
bet | 19/230 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 39,74 Mb. | | #271664 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi darslik5-Mavzu Grafik farmatlarni taqqoslash va ularga qo‘yiladigan talablar..
Reja:
1.Grafik formatlarda siqish.
2.Grafik formatlar.
3.Grafik formatlarni taqqoslash va ularga qo’yiladigan talablar
Grafik formatlarda siqish.
V eb-sahifalar yaratishda turli xildagi illyustratciyalar ishlatib turiladi. Ularga quyidagilar kiradi: logotip, tugma, banner, harakatlanuvchi tasvir, fototasvir, diagramma va grafiklar.
Odatda grafik fayllar katta o’lchamga ega bo’ladi. Masalan, BMP, TIFF yoki PCX formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to’g’ri etkazishga kerakli o’lchamdan ham katta o’lchamga ega bo’lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning katta qismi tarmoqqa modemlar orqali ulanadi. Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 KBit/sek dan oshmasligini hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga muvoffiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho’zilib ketadi.
Bunday holatda sahifalarni tarmoqda nashr qilishga tayyorlashda asosiy maqsad - illyustratciyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik fayllar hajmi sahifaning umumiy hajmini belgilaydi, bu esa o’z navbatida uning yuklanish tezligiga ta`sir qiladi.
Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish uchun grafik fayllarni siquvchi juda ko’p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma`lumotlarni siquvchi texnologiyalar ikki xilga bo’linadi: tasvir sifatining yo’qolishiga olib keladigan va tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Siqish texnologiyasining birinchi tipi bu jarayon vaqtida grafik fayllarning ba`zi ma`lumotlarini yo’qotadi, bu bilan u tasvir sifatiga zarar etkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta`sir ko’rsatmagan holda grafik fayllarni siqadi. Format va grafik fayllarni siqish texnologiyasini to’g’ri tanlab, boshlang’ich tasvir sifatini buzmagan holda 10-50 martagacha kichraytirish mumkin, ya`ni, siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson ko’zi bilan aniqlab bo’lmaydi.
Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo’llanadi: GIF va JPEG (yoki JPG). Bu grafik formatlarda illyustratciyalangan sahifalarni barcha keng tarqalgan brauzerlar tushunadi va to’g’ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o’z ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo’llanish sohasini aniqlaydi, ular orasidagi farqni tushunish o’z navbatida sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini osonlashtiradi.
Grafik formatlar.
GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati - tarmoqdagi eng keng tarqalgan grafik format, u tarmoqda birinchi bo’lib paydo bo’lgan. Tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko’p qismi GIF formati fayllaridir (1-rasmga qarang).
GIF tasvirni siqishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256, yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu siqish jarayoni sifatga ta`sir qilmaydi, ya`ni, siqishdan keyin olingan tasvir boshlang’ichi kabi bo’ladi. Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo’lsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni aytib o’tish kerakki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida tasvir sifatiga zarar etkazilishi mumkin.
GIF da boshlang’ich tasvirni siqishda faylning o’lchamini faqatgina palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralagan holda kichraytirish mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgan grafik fayllarni siqishda qo’llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bu grafik format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega.
GIF formatining ikki varianti mavjud: GIF87a va GIF89a. U ishlab chiqaruvchilar Lempel, Ziv, Welch familiyalarining birinchi harflari bilan nomlangan LWZ siqish usulini qo’llaydi.
GIF89a formati GIF87a formati standartiga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, rangning tiniqligi (transparency), satrlararo yuklanish (interlaced) va animatciya kabi yangi imkoniyatlar bilan to’ldirilgan.
Rangning tiniqligi orqali har qanday fonga qo’yib bo’ladigan ixtiyoriy tasvirlar yaratish mumkin. GIF89a da oddiy animatciyaning qo’llanilishi tasvirlar ketma-ketligini berilgan vaqt oralig’ida tciklik qaytarishi mumkin.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati ( qisqartirilgan holda JPG) ko’p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo’ljallangan bo’lib, foydalanish darajasi bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi grafik format hisoblanadi (3-Rasmga qarang).
JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color)tagacha bo’lgan rangni saqlaydigan tasvirlarni siqish imkoniyatini beradi. Bunday siqish tasvirning sifati yo’qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo’ladi.
JPEGda boshlang’ich tasvirni siqishda “siqish darajasi”ni juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “siqish darajasi” tasvir sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, siqish darajasi qancha yuqori bo’lsa tasvirning ko’rinishi boshlang’ich tasvirga nisbatan shuncha ko’p yomonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko’p ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik fayllarni siqish uchun mos keladi. Bu format ko’p hollarda tarmoqda sifatli fototasvir va illyustratciyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski, JPEG ranglarning tiniqligini qo’llamaydi, bu esa uning qo’llanish sohasini kamaytiradi.
Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o’zining rivojlanishini davom ettirmoqda, ya`ni grafikaning yuklash jarayonini osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past ruxsatda boshlang’ich tasvir variantlarini ko’rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan.
JPEG da bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm o’rnatilgan (progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir, keyin esa uning ustiga to’liq asosiy tasvir yuklanadi.
PNG grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish uchun maxsus yaratilgan siqish formati bo’lib Deflate siqish algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik tomonlarini o’zida mujassamlashtirgan.
TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan bo’lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma`nosini anglatadi. Bu grafik format etarlicha murakkab bo’lsa ham uning strukturasi ma`lumotlarni yozishning qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli ma`lumotlarni ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko’pgina format fayllari singari uning boshlang’ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud bo’lib ularning qo’llanilishi ko’pgina qo’shimcha funktciyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
PCX grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush, hamda PhotoFinish dasturlarida qo’llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va ranglar palitra hajmi bo’yicha chegaralangan bo’lishiga qaramasdan yaqin vaqtgacha ommabop sanalib kelingan.
BMP grafik formati Windows operatcion tizimi uchun Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha katta bo’lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladi. U grafik interfeyslarda keng qo’llaniladi.
Tasvirlar va ularning formatlarini taqqoslash va ularga qo’yiladigan talablar.
R asm.1. GIF
64 tcvetov
8.97 KBayt
|
| |