• Boborahim Mashrab
  • Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs




    Download 0.97 Mb.
    bet83/125
    Sana16.10.2022
    Hajmi0.97 Mb.
    #27301
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
    Bog'liq
    aa69dea
    pardayev psixologiya, Kinematika qo\'shimcha
    Turdi Farog‘iy
    1. Turdi Farog‘iy qachon, qaysi xonlik davrida yashagan?
    A) 1640- yillarda tug‘ilib, XVII asrda Buxoroda, Ashtarxoniy hukmdorlaridan Nodir Muhammad va uning o‘g‘illari hukmronligi davrida B) 1644- yillarda tug‘ilib, Buxoroda Subxonqulixon davrida yashagan C) 1699-1700- yillarda tug‘ilib Buxoroda Nodir Muhammad davrida D) Tug‘ilgan yili aniq emas, Buxoroda Abdulazizxon davrida yashagan
    2. Turdining XVII asarning 80- yillardan keyingi hayoti qanday kechgan?
    A) ijod bilan shug‘ullangan B) sayohat qilgan C) Ashtarxoniylar saroyida yashagan D) darbadarlikda, xor-zorlikda yashab, Subxonqulixonni hajv qiluvchi asarlar yaratgan.
    3. Turdi Farog‘iyning o‘zbek adabiyotida qoldirgan merosining hajmi qanchani tashkil qiladi?
    A) hajmi 440 misralik 18 ta she’r, 5 ta muxammas, 1 ta fard B) hajmi 434 misralik 18 ta she’r, 12 tasi g‘azal, 5 ta muxammas, 1ta fard C) hajmi 432 misralik 18 ta she’r, 11 ta g‘azal, 5 ta muxammas, 2ta fard D) hajmi 434 misralik 18 ta she’r, 11 ta g‘azal, 5 ta muxammas, 2 ta fard
    4. Tor ko‘ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling,
    To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling. Ushbu misralar muallifini aniqlang.
    A) Sakkokiy B) Atoyi C) Navoiy D) Turdi Farog‘iy
    5. Turdi shaxsi haqida ma’lumot beruvchi g‘azalini aniqlang.
    A) “Burun” B) “Turdiman” C) A, B D) “Ayladim”
    6. “Yod mandin kim berur: yaxshi zamonlar ko‘rdiman” muxammasining muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
    A) Mashrab B) Ogahiy C) Muqumiy D) Turdi
    7. “Yod mandin kim bo‘lur yaxshi zamonlar ko‘rdiman”Ushbu muxammas hajmi qanchani tahskil etadi?
    A) 14 band, 60 satrlik B) 12 band, 60 satr C) 10 band, 50 satr D) 12 band, 50 satr


    Boborahim Mashrab
    1. Arabchada “ichimlik ichiladigan joy” va “fe’l, xulq, odat, tabiat” ma’nolarini beruvchi taxallus kimga berilgan?
    A) Turdi B) Mullavali o‘g‘li Boborahim C) Umar Boqiy D) Qori Rahmatullo
    2. Mashrab devonlari berilgan qatorni ko’rsating.
    A) “Mabdai nur”, “Devoni Mashrab” B) “Eshoni Shoh Mashrab”, “Devonai Mashrab” C) “Mabdai Nur” va muxlislari tomonidan yaratilgan devon
    D) A, B va C
    3. Ey mening nozik nihol, oromijonim qaydasan?
    Bu ko‘ngil bo‘stonida g‘uncha dahonim qaydasan? Ushbu bayt muallifini aniqlang.
    A) Lutfiy B) Navoiy C) Mashrab D) Jomiy
    4. “Qalandar bo‘l!” radifli g‘azal muallifi qaysi qarorda to’g’ri berilgan?
    A) Turdi B) Ogahiy C) Munis D) Mashrab
    5. “Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o‘zungga“ deb boshlanuvchi mustazodda kimning holati tasvirlanadi?
    A) Muqimiy B) Munis C) Mashrab D) Turdi
    6. Mazkur bayt Mashrabning qaysi mustazodidan olingan?
    Boshimga agar keltirsa balo, sabr etadurman,
    Sendin kecharim yo‘q,
    Qaydin kechayin, ko‘nglimda to‘ladur senga mehrim,
    Men oshiqi shaydo.
    A) “Bul hasta vujudim meni o‘rtadi butkul, ul zulfi parishon” B) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” C) “Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o‘zingga” D) “Va’da qildi bir kelay deb, ko‘zga uyqu kelmadi”
    7. 1691- yilda Mashrab 20 yillik safariga kim bilan boradi?
    A) Ofoqxo‘ja bilan B) Pirmat Setoriy bilan C) yolg‘iz o’zi D) muxlislaridan biri bilan
    8. “Mabdayi nur” asari muallifini aniqlang.
    A) Ogahiy B) Nodira C) Amiriy D) Mashrab
    9. Mashrab Makkaga kim bilan borishni xohlaydi?
    A) Yor B) Boda C) Olloh D) A, B
    10. Mashrabning qaysi g‘azali “ishq mazhabi”ga bag‘ishlangan?
    A) “O‘rtar” B) “Qaydasan” C) “Chidayolmas” D) “Ayrilmisham”
    11. Kimning timsoli insonning ruhiy hurligini cheklashga qaratilgan aqidalarga qarshi isyon, erkin fikrlilik ramzi bo‘lib qoldi?
    A) Mashrab B) Ibrohim Adham C) Mansur Xalloj D) Pirmat Setoriy
    12. Mashrab g‘azallarida uchraydigan xok so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
    A) ruhiyat B) tuproq C) qabr D) olloh
    13. Soqiy – manam, sog‘ar manam, ore, manam, manam, manam. Ushbu misralar muallifini aniqlang.
    A) Majzub Namangoniy B) Mashrab C) Ogahiy D) Mirzo G‘olib
    14. “Jahr” so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
    A) zulm qilmoq, ozor yetkazmoq B) baland ovoz bilan zikr qilmoq C) hayr-sadaqa yig‘iladigan idish D) yig‘layotgan ko‘zlar
    15. Qalandarlikning to‘rt amalidan biri bo‘lgan kam gaplik tasavvufda qaday atalgan?
    A) sir po‘sht B) zahrno‘sh C) faromush D) xomush
    16. “Illo fato illo Ali, yo sayf-u illo zulfiqor, har baloye pesht oyad, daf kun parverdigor!” so‘zlari qalandarlarning qaysi kiyimiga yozilgan?
    A) shokilali sallasiga B) chiltoriga C) shaydoiy uchi burama do‘ppiga D) kamarga
    17. Qalandarlar olib yurishi kerak bo‘lgan buyumlarni belgilang.
    A) kashkul, matbag‘, rido, kisvat B) rido, matbag‘ C) kashkul, matbag‘, rido D) kashkul, kisvat
    18. Bulbulday kim faryod etarman,
    Ishq daftarin bunyod etarman.
    Ko‘ngillarim men shod etarman,
    19. Yorga yetar kun bormi yoronlar. Ushbu she’r tuzilishiga ko‘ra qanday ataladi?
    A)mustazod B) musaddas C) murabba’ D) muhammas
    20. “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi musaddas muallifini ko’rsating.
    A) Turdi B) Ogahiy C) Munis D) Mashrab
    21. Taqvo so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
    A) dindorlik B) hokisorlik C) kambag‘allik D) zohidlik
    22. Kim bir kechada shohona libosini darveshlik jandasiga almashtirib, ollohni izlab yo’lga tushadi?
    A) Mansur Xalloj B) Ibrohim Adham C) Mashrab D) Pirmat Setoriy



    Download 0.97 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs

    Download 0.97 Mb.