Zilzilalar, magnituda va ball orasidagi bog’liqliklar
Mashrab Rahmonqulovich Aliyev
Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada zilzila sodir bo‘lganda
uning magnitudasi va
intensivligini aniqlashning bir-biriga bog‘liqliklari va farqlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: zilzila, magnituda, intensivlik, epitsentr, seysmik energiya, ball
Earthquakes, relationships between magnitude and ball
Mashrab Rahmonqulovich Aliyev
Jizzax politexnika instituti
Abstract: This article highlights the interdependencies and differences between
determining the magnitude and intensity of an earthquake when it occurs.
Keywords: earthquake, magnitude, intensity, epicenter, seismic energy, score
Zilzila sodir bo‘lganda manbada juda katta kinetik energiya ajralib chiqadi.
Energiyaning miqdori manbaning chuqurligi, o‘lchami
hamda kuchlanish holatiga
bog‘liq. Energiyaning haqiqiy miqdorini bevosita aniqlash juda murakkab masala
bo‘lganligi sababli, zilzila energiyasiga baho berishda
uning magnituda deb atalgan
shartli xarakteristikasidan foydalaniladi. Magnituda o‘lchamsiz son bo‘lib, zilzila
manbaidan ajralib chiqadigan miqdorini anglatadi. Zilzilaning magnitudasi 1935
yilda Kaliforniya texnologiya institutining professori
Charlz Rixter tuzgan shkala
yordamida aniqlanadi. Magnituda termini astronomiyadan olingan bo‘lib, u
astronomiyada yulduzlar yorqinligiga baho beradigan ko‘rsatgich sifatida
qo‘llaniladi. Rixter shkalasining asosini seysmograflar
yordamida yozib olinadigan
seysmik to‘lqinlarning maksimal amplitudasi tashkil etadi. Asrimizning 40 yillarida
amerika olimlari Ch.Rixter va B.Gutenberg magnituda (
M)
ni aniqlash uchun
quyidagi sodda formulani tavsiya etdilar:
M = ℓgA – ℓgA
0
= ℓg(A/A
0
), (1)
bu yerda,
A
0
va
A - biror seysmik to‘lqin siljishlarining maksimal amplitudalari
bo‘lib, ulardan birinchisi eng kuchsiz (etalon), ikkinchisi esa epitsentrdan ma’lum ∆
(km) masofada maxsus asboblar vositasida yozib olingan yozuvlardan o‘lchab olinadi
(1-rasm,
a,
b). Sirt to‘lqinlari siljishi amplitudasini aniqlashda
ℓgA
0
= – 1,32∆ deb
olinadi; u holda yuqoridagi formula quyidagi ko‘rinishga keladi:
M = ℓgA +1,32ℓg∆. (2)
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
April 2023 / Volume 4 Issue 4
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
389
Bu formula, epitsentr masofasi
∆ ma’lum bo‘lsa, bitta seysmik stansiyada yozib
olingan siljishlar
yozuvidan foydalanib, magnitudani aniqlash imkonini beradi.
Ammo, odatda,
M bir qancha stansiyalardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirish
asosida belgilanadi. Sodir bo‘lgan eng kuchli zilzilalarning magnitudasi 8,6 – 8,8
atrofida ekani ma’lum.