• Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni. Foydalanilgan adabiyotlar Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
  • Mavzu: Elektr stansiya va podstansiyalarida kuchlanish yo`qligini teshkirish Reja




    Download 17,33 Kb.
    bet1/3
    Sana17.02.2024
    Hajmi17,33 Kb.
    #158103
      1   2   3
    Bog'liq
    Kuchlanish yo’qligini tekshirish Elektr maydoni kuchlanganligi, -fayllar.org


    Kuchlanish yo’qligini tekshirish Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni. Foydalanilgan adabiyotlar

    Mavzu: Elektr stansiya va podstansiyalarida kuchlanish yo`qligini teshkirish


    Reja:


    1. Kuchlanish yo’qligini tekshirish


    2. Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni.


    3. Foydalanilgan adabiyotlar



    Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
    Kuchlanish yo‘qligini kuchlanishi ko‘rsatuvchi asbob yordamida tekshiriladi. Uni ishlatish oldidan ishga yaroqligini tekshirishga mo‘ljallangan maxsus asbob yordamida yoki yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismga yaqinlashtirib tekshirib olinadi.
    1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kuchlanish ko‘rsatuvchi asbobdan dielektrik qo‘lqopkiyib foydalanish kerak.
    35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida kuchlanish yo‘qligini izolyasion shtanga bilan uni tok o‘tkazuvchi qismga bir necha marta tekkizib tekshirish mumkin. Kuchlanish yo‘qligi uchqun chiqish va chirsillash alomatini yo‘qligidan hisoblanadi. Bir zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligi koronatsiya alomati ovozi chiqib tojlanishni yo‘qligidir.
    Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida kuchlanish yo‘qligini 1000 V kuchlanishdan yuqorisida IV gruppaga ega bo‘lgan, va 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan uskunalarida III gruppaga ega bo‘lgan bitta navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi tomonidan tekshirishga ruxsat etiladi. Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligini ikki ishchi bajarishi shart: 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida IV va III gruppali; 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida III gruppali bo‘lishlari zarur.
    Kuchlanish yo‘qligini sxemaga solishtirib joyida tekshirish quyidagi hollarda ruxsat etiladi: ochiqtaqsimlovchi elektr uskunalarida, tashqarida o‘rnatiladigan komplekt taqsimlovchi elektr uskunalar va komplekt transformator punktlarida, shuningdek elektr uzatish tarmoqlarida tuman, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan taqdirda maxsus kuchlanishni ko‘rsatuvchi asbob yo‘q, bo‘lgan hollarda;
    330 kV va undan yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va ikki zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida;
    Havo va kabel elektr tarmoqlarining kirimlarida kuchlanish yo‘qligini sxemaga qarab joyida tekshirilgan taqdirda, buni tarmoqning boshqaruvi kimning ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha navbatchi tasdiqlaydi.
    Havo elektr tarmog‘ida kuchlanish yo‘qligini sxemaga qarab joyida tekshirish dispetcherlik nomiga mos kelgan tarmoqni yo‘nalishi va tashqi belgisini hamda uning ustunlariga yozilgan belgilariga qarab aniqlashdan iborat.
    1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun ajratilgan uchastkaga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lgan barcha taraflaridagi tok o‘tkazuvchi qismlarni hamma fazalari (qutblari) yerga ulanishi shart. Butunlay o‘chirilib, bitta yerga ulagich o‘rnatish etarli bo‘lgan umumiy shinadagi ish bundan mustasno.
    O‘chirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borganda, ulardagi yerga ulagich pichoqlarining borligidan qatiy nazar, ayirgichlardan ketgan elektr uzatish simlariga, ish jarayonida ayirgichlarni o‘chirib-yoqqanda buzmaydigan qilib, qo‘shimcha yerga ulagich o‘rnatilishi shart.
    Elektr uskunalarning yerga ulangan tok o‘tkazuvchi qismi kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismidan ko‘zga ko‘rinadigan qilib uzilgan joy bilan ajratilishi shart.
    O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qismlardan o‘chirilgan o‘chirgichlar, ajratgichlar, uzgichlar yoki quvvat ayirgichlari, olib qo‘yilgan saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali ajratilgan bo‘lishi mumkin.
    Agar boshqa kuchlanish ostidagi elektr uskunalari elektr maydoni ta’sirida ish joyida kuchlanish (potensial) hosil qilishi mumkin bo‘lsa, bevosita ish joyiga qo‘shimcha yerga ulagich qo‘yilishi shart.
    Ko‘chma yerga ulagichlar tok o‘tkazuvchi qismlarning bo‘yoqlaridan tozalangan joylariga qo‘yilishi kerak.
    1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarining umumiy shinalari, (izolyasiyali simlardan qilingan shinalardan tashqari) va shchitlarida ish olib borganda, ushbu uskunalardan kuchlanish olinishi va yerga ulanishi shart.
    Bu taqsimlovchi elektr uskunalarning ulamalariga ulangan elektr tarmoqlariga, shchitlariga yig‘imlari va ularga ulangan jihozlariga yerga ulagichni o‘rnatish kerakligini va mumkinligini naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi aniqlaydi.
    Ishni bajarish xususiyati (izolyasiya qarshiligini o‘lchash va h.q) talab qilgan taqdirda ish joyini tayyorlashda qo‘yilgan yerga ulagichni vaqtinchalik olib qo‘yishga ruxsat beriladi.
    Yerga ulagichni vaqtinchalik olish va qayta o‘z joyiga qo‘yishni navbatchi, tezkor-ta’mirlash xodimi yoki naryad beruvchi ko‘rsatmasi bilan ishboshchi amalga oshiradi.
    Elektr maydoni ta’siri doirasidagi ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridagi ishlarni bajarishda GOST 12.1.002-84 talablariga asosan ishchining ushbu maydonda bo‘lish vaqti chegaralanib qo‘yilishi keraq

    Elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m gacha bo‘lgan maydonlarda ishchilarning u yerda bo‘lishi vaqti chegaralanmaydi. Elektr maydoni kuchlanganligi 20 dan 25 kV/m gacha bo‘lgan maydonlarda ishchilarning u yerda bo‘lishi 10 minutdan oshmasligi shart. Elektr maydoni kuchlanganligi 25 kV/m dan yuqori bo‘lganda himoya vositalarini qo‘llash kerak. Bunda ishlash muddati bir ish kuni vaqti bilan chegaralanadi.


    Elektr maydoni kuchlanganligi 5 dan 20 kV/m gacha bo‘lgan maydonda (ma’lum bir kuchlanganlik ostida) bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqt T soat, quyidagi formula bilan hisoblanadi, ya’ni

    bu erda, E — nazoratda bo‘lgan elektr maydonining ta’sirchan kuchlanganligi, kV/m.


    Ko‘rsatilgan formula bilan elektr maydoni kuchlanganligi 10 kV/m bo‘lganda turish vaqti 180 minut, kuchlanganligi 15 kV/m bo‘lganda esa 80 minutni tashkil qiladi.
    Ushbu band talablari, xodimlarga elektr razryadi ta’siri bo‘lishi mumkinligi batamom bartaraf qilingan hollarda kuchlidir.
    Ish kuni ichida ishchilarning elektr maydonida bo‘lish vaqtini bir marotaba yoki bo‘lib-bo‘lib ishlatish mumkin. Ish vaqtining qolgan paytida himoya vositalaridan foydalanishlari yoki elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan kam bo‘lgan maydonda bo‘lishlari kerak.

    Download 17,33 Kb.
      1   2   3




    Download 17,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elektr stansiya va podstansiyalarida kuchlanish yo`qligini teshkirish Reja

    Download 17,33 Kb.