-rasm. Zilzila kuchining Yer sirtida tarqalishi: a - manba hududi sxemasi




Download 356,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.01.2024
Hajmi356,81 Kb.
#140179
1   2   3
 
1-rasm. Zilzila kuchining Yer sirtida tarqalishi: a - manba hududi sxemasi; 
b - epitsentrdan uzoqlashgai sari grunt harakati tuzuvchilarining o‘zgarishi. 
Magnitudasi birga teng deb qabul qilingan eng kuchsiz zilzilaning energiyasi 
taxminan 10
12
erg ga teng. Magnitudasi M=8,5 bo‘lgan eng kuchli zilzilaning 
energiyasi esa taxminan 10
27
erg. 
Rixter shkalasi asosan uchta vertikal o‘lchov chiziqlari A, V, D dan tashkil 
topgan. A chiziqda seysmogrammadan olinadigan amplitudalar, V chiziqda 
seysmograf o‘rnatilgan stansiyadan epitsentrgacha bo‘lgan masofa (yoki P va S 
to‘lqinlari etib kelishidagi vaqt orasidagi farq), o‘rtadagi D chiziqda esa izlanayotgan 
magnitudalar qayd etilgan. Sodir bo‘lgan zilzilaning magnitudasini aniqlash uchun A 
chiziqda tebranish amplitudasini, V chiziqda epitsentr masofasini belgilaymiz; har 
ikki nuqtani S to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiramiz. Ushbu chiziq D chizig‘ida kesib 
o‘tgan nuqta biz izlayotgan magnituda bo‘ladi. 
Rixter shkalasi zilzila magnitudasini belgilashda aniq cheklangan yuqori 
miqdorga ega emas; ushbu shkala ishlatila boshlagandan to hozirgacha sodir bo‘lgan 
eng kuchli zilzilaning magnitudasi 9 ga teng. Inson sezadigan eng kuchsiz zilzilaning 
magnitudasi 2 ga teng; magnitudasi 7 va undan ortiq bo‘lgan zilzilalar halokatli 
zilzlalar toifasiga kiradi. Rixter shkalasi turli zilzilalar kuchini taqqoslash imkonini 
beradi, ammo aniq bir joyda seysmik ta’sirlar ko‘lamiga baho bera oladigan 
ma’lumot bermaydi. Magnitudasi bir xil bo‘lgan ikki xil zilzila yer yuzasida har xil 
natijalar berishi mumkin. Bu manbaning chuqurligi, yer sirtining muhandislik-
geologik tuzilishi va boshqa sabalarga bog‘liq. Muayyan bir joydagi seysmik 
ta’sirlarga baho berishda turli seysmik shkalalardan foydalaniladi. 
Ko‘pincha matbuotda zilzila kuchini chalkashtirishadi. Ba’zan “zilzila kuchi 
Rixter shkalasi bo‘yicha 5,7 bal bo‘ldi” deganga o‘xshagan iborani eshitib qolamiz. 
Bu noto‘g‘ri axborot. “Zilzilaning magnitudasi 5,7 ga teng bo‘ldi” deyilsa to‘g‘ri 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
April 2023 / Volume 4 Issue 4
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
390


bo‘ladi. Chunki zilzilaning manbadagi energiyasi boshqa, yer sirtidagi kuchi boshqa. 
Ammo bular o‘zaro bog‘liq miqdorlardir. 
Zilzilaning yer yuzasidagi kuchi (intensivligi) ball J bilan o‘lchanadi. 
Magnituda M bilan ball J orasidagi bog‘lanishni N.V.Shebalin quyidagi taqribiy 
empirik formula orqali ifodalaydi: 
3
h
g
5
,
3
M
5
,
1
J
2
2
+
+


=

(3) 
Zilzilaning epitsentrdagi ( ∆=0) maksimal kuchi
3
gh
5
,
3
M
5
,
1
J
0
+

=

(4) 
formuladan aniqlanadi. 
N.V.Shebalin magnituda bilan ball orasidagi bog‘lanishning grafik ko‘rinishini 
ham ishlab chiqqan (2-rasm).  
2-rasm. Magnituda M, epitsentrdagi zilzila kuchi J
0
va zilzila manbai chuqurligi h
km orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi Shebalin nomogrammasi 
Agar uchta miqdordan ikkitasi ma’lum bo‘lsa, Shebalin nomogrammasidan 
foydalanib uchinchi miqdorni topsa bo‘ladi. Masalan, manba chuqurligi (h, km) bilan 
magnituda M ma’lum bo‘lsa, epitsentrdagi zilzila kuchi J
0
ni aniqlash qiyin emas. 
Buning uchun h va M o‘qlarida tegishli nuqtalar belgilanadi, so‘ng bu nuqtalar to‘g‘ri 
chiziq yordamida tutashtiriladi (2-rasmda punktir chiziq). Shu chiziq J
0
o‘qida kesib 
o‘tgan nuqta epitsentrdagi zilzila kuchi bo‘ladi. 

Download 356,81 Kb.
1   2   3




Download 356,81 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Zilzila kuchining Yer sirtida tarqalishi: a - manba hududi sxemasi

Download 356,81 Kb.
Pdf ko'rish