|
Namunaviy matn og'zaki va yozm a qayta hikoya qilinadi. O'qish darslarida asosan og'zaki qayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili darslarida u ko'proq yozma tarzda o'tkaziladi
|
bet | 4/4 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 17,57 Kb. | | #146185 |
Bog'liq Kurs ishiIjodiy qayta hikoyalash va bayon. Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi ajratiladi. Boshlang'ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Shaxsini o ‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang'ich sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko'proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o'quvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o'quvchilar ITT shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari uchun o'qituvchi rahbarligida gapning kesimini o‘zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o‘zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning nomini va u yoki ular so‘zini ishlatadilar. Shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va bayon yozish o‘qish darslarida olib borilgan bunday og'zaki tayyorgarlikning davomi sifatida o'tkaziladi.
2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish.
3. Matnni ijodiy toHdirib qayta hikoyalash. O'quvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to'ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham ko'pincha og'zaki tarzda o'tkaziladi.
4. So‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlami bajartirish asosida o'tkaziladi: „Siz shu vaziyatda o'zingizni qanday sezasiz? Bular rasmda tasvirlangan deb o'ylang. Shu voqealar ko'z oldingizdan o'tyapti, siz ko'ryapsiz, eshityapsiz va o'zingiz tasvirlayapsiz deb o'ylang". O'quvchilarga topshiriq sifatida matndagi tabiat tasviri, qahramonlarning tashqi ko'rinishi, portretini so'z bilan tasvirlash berilishi mumkin. Bu asosan og'zaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon shaklida yozdiriladi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Namunaviy matn og'zaki va yozm a qayta hikoya qilinadi. O'qish darslarida asosan og'zaki qayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili darslarida u ko'proq yozma tarzda o'tkaziladi
|