|
Naqd pul muomalasi va uni tashkil etish asoslari
|
bet | 2/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #237978 |
Bog'liq PUL MUOMALASI VA UNI TASHKIL ETISH ASOSLARI2021 yilda bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar hajmining 2020 yilga nisbatan 75,3 trln. so`mga oshishi kuzatilgan bo`lsa, ushbu o`sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish (32,9 trln.so`mga) hamda banklar tomonidan aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish hajmlarining (22,2 trln. so`mga) oshishi hisobiga yuzaga keldi. - 2021 yilda bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar hajmining 2020 yilga nisbatan 75,3 trln. so`mga oshishi kuzatilgan bo`lsa, ushbu o`sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish (32,9 trln.so`mga) hamda banklar tomonidan aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish hajmlarining (22,2 trln. so`mga) oshishi hisobiga yuzaga keldi.
Banklar kassalaridan naqd pulga bo`lgan talabdan kelib chiqqan holda muomalaga qo`shimcha naqd pullar chiqarib borildi hamda ayrim davrlarda muomaladagi ortiqcha naqd pullarning qaytishi kuzatildi.
2022 yil 1 yanvar holatiga muomaladagi naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20 foizni tashkil qilib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foiz bandga pasaydi. YIMga nisbatan ulushi esa 4,1 foizdan 3,9 foizgacha pasaydi.
Muomaladagi naqd pullarning nominal qiymati bo`yicha tarkibi to`g`risida
Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog`ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni sezilarli darajada kamaydi.
Jumladan, 2021 yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning so`mdagi miqdori bo`yicha 100 000 so`mlik banknotlar ulushi – 27,3 foizdan 34,8 foizga yetgan bo`lsa, 50 000 so`mlikning ulushi – 38,8 foizdan 34,2 foizga, 10 000 so`mlikning ulushi – 15,7 foizdan 14,5 foizga, 5 000 so`mlik – 16,1 foizdan 12,7 foizga, 1 000 so`mgacha – 2,1 foizdan 1,4 foizga tushdi. Shuningdek, 2 000 so`mlik (0,3 foiz) va 20 000 so`mlik (2,1 foiz) namunadagi banknotlar muomalaga kiritildi.
Buning natijasida, muomalaga chiqarilgan banknotlar soni 492,4 mln. donaga yoki 18 foizga kamaydi.
Muomalada banknotlar sonining kamayishi aholi uchun naqd puldagi to`lovlarda qulayliklar yaratishga, banklar uchun esa naqd pullar bilan ishlashni, jumladan ularni sanash, saralash va o`rab-bog`lash jarayonlarini yengillashtirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar sohasidagi hisob-kitoblarda qaytim pullari (mayda pullar) sifatida foydalanish uchun 2021 yil davomida qo`shimcha 14,6 mlrd. so`mlik yangi tangalar muomalaga chiqarilib, ularning jami muomaladagi naqd pullar tarkibidagi miqdoriy salmog`i 0,16 foizga yetdi.
Naqd operatsiya - bu aktivni sotib olish uchun darhol naqd pul to'lash amalga oshiriladigan operatsiya . U sotib olingan buyumni kechiktirilgan yetkazib berish yoki buyum uchun kechiktirilgan to'lovni o'z ichiga olgan boshqa turdagi operatsiyalardan farq qiladi, masalan, forvard shartnomalari , fyuchers shartnomalari , kredit operatsiyalari va marja operatsiyalari.
|
| |