|
Nasoslar har XIL suyuqliklar oqimini hosil qiluvchi gidravlik
|
bet | 3/5 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 6,31 Mb. | | #144785 |
Bog'liq nasos stansiyasiiAsinxron elektr dvigatellar. Sanoatda asinxron elektr dvigatellarning ikki xil turi ya‘ni faza rotorli va qisqa tutashuv rotorli turlari ishlab chiqariladi. Faza rotorli asinxron elektr dvigatellar elektr tormog‘iga qarshilik reostati yordamida ulanadi va yurgizish paytida kamroq tok kuchi talab qiladi. Lekin ularning yurgizish sxemasi va tuzilishi murakkab, narxi esa qimmat. Shu sababli ular ishlab chiqarishda kam qo‘llaniladi. Qisqa tutashuv rotorli asinxron dvigatellarning tuzilishi sodda, foydalanish va avtomatlashtirish qulay, o‘lchamlari kichik va narxi arzon bo‘lganligi uchun nasos stansiyalarda va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida keng foydalaniladi. Lekin qisqa tutashuv rotorli asinxron dvigatellarning yurgizishpaytidagi buralish momenti va tok kuchi me‘yoriy ish tartibidagi qiymatidan 5…7 marta ortiq bo‘ladi. Bundan tashqari elektr dvigatel validagi iste‘mol quvvati ortishi bilan uning aylanish chastotasi kamayadi ya‘ni rotor va stator magnit maydoni orasida «siljish » ortadi. Ularni yurgizish paytidagi tok kuchini kamaytirish uchun turli usullardan foydalaniladi: a) stator cho‘lg‘amlarini ishga solish paytida «yulduzcha» sxemasidan me‘yoriy aylanish chastotasiga erishganda «uchburchak» sxemasiga qayta ulash; b) stator zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritib pog‘onali tarzda
ishga solish; v) ishga solish davrida qo‘llaniladigan avtotransformatorlardan foydalanish. Lekin bu usullar qo‘shimcha jihozlar o‘rnatishni talab qiladi va avtomatlashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun kichik quvvatli (100 kVt gacha) elektr dvigatellarni bevosita qo‘shimcha jihozlarsiz ishga solish ruxsat etiladi. Hozirgi paytda sanoatda asinxron dvigatellarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: gorizontal valli A 2 va AO2 (quvvati 100 kVt gacha), A va AK (quvvati 100…400 kVt), A3 va AK3 (quvvati 400 kVt dan ortiq), AN va AKN (quvvati 200…2000 kVt) seriyali elektr dvigatellar; vertikal valli VAN (quvvati 315…2500 kVt, aylanish chastotasi 375…1000 ay/min, 6 kV kuchlanishli) seriyali elektr dvigatellar [29].
Nasosning bosimi va suv uzatishini rostlash uchun ikki tezlikka ega bo‘lgan 6 kV kuchlanishli, quvvati 500…1400 kVt, aylanish chastotasi 500/300; 500/375 yoki 375/300 ay/min ga teng DVDA seriyali vertikal asinxron dvigatellardan ham foydalanish mumkin. Juft qutublari sonini o‘zgartirish yo‘li bilan aylanish chastotasini rostlovchi elektr dvigatellarning boshqa turlari ham ishlab chiqarilgan.
|
| |