|
Elektroenergiya ta‟minoti
|
bet | 5/5 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 6,31 Mb. | | #144785 |
Bog'liq nasos stansiyasiiElektroenergiya ta‟minoti. Elektr dvigatellarni tanlashda elektr energiya ta‘minoti manbasining texnik ko‘rsatkichlariga va talablariga e‘tibor berish zarur. Agar nasos stansiya quriladigan tumanda past kuchlanishli pasaytiruvchi podstansiya joylashgan bo‘lsa, nasos stansiyasini unga ulash mumkin. Agar nasos stansiya yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘idan (LEP) tok olsa, uning binosi atrofiga pasaytiruvchi transformator podstansiyasi quriladi. Uning tarkibiga kuch trasformatorlari, boshqarish va energiya taqsimlash jihozlari va
h.k. kiradi. Nasos stansiyasiga yuqori kuchlanishli (1000 V yuqori ) dvigatellar o‘rnatilsa, u holda ichki ehtiyojlarni qondirish (yordamchi uskunalar dvigatellari, yoritish, isitish va h.k) uchun qo‘shimcha kichik transformator o‘rnatiladi. O‘ta muhim vazifani bajaruvchi va yuqori ishonchlilik darajasidagi I va II toifali nasos stansiyalar alohida mustaqil ikkita manbadan elektr energiya bilan ta‘minlanadi.
Elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat qiladigan elektr qurilmasi - yuqori kuchlanish taqsimlash qurilmasi (RU) deyiladi. Taqsimlash qurilmasi tarkibiga kommutatsion va himoyalash apparatlari, o‘lchov asboblari, bog‘lovchi shinalar va yordamchi jihozlar kiradi.
Yuqori kuchlanishli taqsimlash yashiklarida asosan motorlar fiderlariga elektr energiyasini taqsimlashga xizmat qiluvchi jihozlar majmuasi joylashtiriladi (ya‘ni moyli o‘chirgich, ajratuvchi, o‘lchov transformatorlari va o‘lchov asboblari ( vol‘tmetr, ampermetr), saqlagichlar, signal yoritgichlari). Taqsimlash shitlari 500 V gacha kuchlanishli energiyani qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat qiladi.
Unga apparatura, nazorat o‘lchov asboblari va ularga ta‘luqli jihozlar
joylashtiriladi.
Nasos stansiyalarning elektr energiya ta‘minoti, elektr uskuna va jihozlari bo‘yicha hisoblash, ularni yig‘ish va foydalanish ishlarini elektrotexnika sohasi
mutaxassislari bajaradilar. Bu hisoblar texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida amalga oshiriladi.
|
| |