Sinxron elektr dvigatellarni uzoq muddat to‘xtovsiz ishlaydigan yuqori quvvatli nasoslarni harakatga keltirishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi elektr dvigatellarning quvvat koeffitsenti ( cos 1) yuqori va elektr tormog‘ining quvvat koeffitsentini yaxshilaydi, o‘zgarmas aylanish chastotasiga ega va tarmoqdagi kuchlanish o‘zgarsa ham bir tekis ishlaydi. Gorizontal valli
nasoslar uchun SD, SDN, SDN3 seriyali sinxron eletr dvigatellar qo‘llaniladi. Rossiyaning «Uralelektrotyajmash» zavodida vertikal valli nasoslar uchun quvvati 630…12500 kVt, kuchlanishi 6 va 10 kV bo‘lgan VSDN va VDS seriyali sinxron elektr dvigatellar ishlab chiqariladi. Sinxron elektr dvigatellar tuzilish va yurgizishsxemasi murrakab va narxi qimmat bo‘lishiga qaramay amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Hozirgi davrda asinxron usulda ishga tushiriladigan qo‘zg‘atuvchi yordamida yoki statistik tiristorli qo‘zg‘atuvchi bilan yurgiziladigan sinxron elektr dvigatellar ishlab chiqarilmoqda. Tiristor qo‘zg‘atuvchi qo‘llangan elektr dvigatellar
tok kuchini rostlash, qurilmani ta‘mirlash va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini
iqtisod qilish, elektr energiya sarfini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Ishlash sharoitiga bog‘liq ravishda elektr dvigatellarni ochiq havoda ishlaydigan, namlikdan himoyalangan, germetik va portlashga xavfsiz turlari ishlab chiqariladi.
Elektr dvigatellarni tanlash. Elektr dvigatelni tanlashda uning va nasosning
aylanish chastotasi va validagi quvvati mos tushishiga e‘tibor beriladi.
Elektr dvigatelning quvvati (kVt) quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda Nmax - nasos validagi maksimal talab qiladigan quvvati (kVt); uning qiymati nasosning xarakteristikasidan N x,max va N x,min qiymatlar asosida tanlab olinadi yoki (1.20) formula bilan N x,max, Q x,min va N x,min, Q x,max qiymatlar asosida hisoblab topiladi; K- zahira koeffitsiyenti, nasosning quvvati 50 kVt gacha bo‘lganda K= 1,3…1,2; 51…100 kVt bo‘lsa, K=1,2 …1,1 va 100 kVt dan ortiq bo‘lsa, K= 1,1…1,05 qabul qilinadi; ηuz uzatmaning FIK; nasos va dvigatel vallari bevosita yoki lappakli elastik mufta yordamida ulanganda ηuz =1 qabul qilinadi.
Elektr dvigatellar katalogidan aylanish chastotasi ndv (ay/min) nasosning aylanish chastotasi nn (ay/min) ga teng va quvvati (2.14) formula bilan aniqlangan miqdorga mos keluvchi gorizontal yoki vertikal valli elektr dvigatelning turi tanlab olinadi. Elektr dvigatelni tanlashda tok turi, chastotasi, kuchi va kuchlanishi, elektr energiya manbasining dvigatelni yurgizish holatiga qo‘yadigan talablari, atrof muhit sharoiti (harorat, namlik,changlik, shamollatish), nasosning yurgizish, me‘yoriy va maksimal aylanish momentlari dvigatelning mos aylanish momentlaridan kam bo‘lish holatlari taxlil qilinishini zarur.
Elektr dvigatelining aylanish momentlari ularning kataloglarida yoki pasportida beriladi. Katalogdagi elektr dvigatellarning me‘yoriy quvvati 35oS havo haroratida ishlashi uchun keltirilgan. Agar havo harorati 35oS dan yuqori bo‘lsa, uning me‘yoriy quvvati quyidagi Kt harorat koeffitsentiga ko‘paytirib, pasayish miqdori aniqlanadi:
- agar to = 40oS bo‘lsa, Kt = 0,95 (0,95);
- agar to = 45oS bo‘lsa, Kt = 0,9 (0,875);
- agar to = 50oS bo‘lsa, Kt = 0,85 (0,75).
Eslatma: harorat koeffitsenti Kt ning qavs ichidagi qiymatlari sinxron elektr dvigatellar uchun berilgan.
|