Следующий вопрос — testning keying savoliga o`tish.
Завершить тест — test tugatiladi, test topshiruvchi test natijalari saxifasiga o`tadi.
Вопрос N — ko`rsatilgan savolga o`tish.
Agar testni sozlash bo`limida shoxlanish yoqilmagan bo`lsa, ularda sozlash bo`limidan shoxlanishni yoqib olish eslatmasi paydo bo`ladi.
Savollar ro`yxatida shoxlanishli savol yonida quyidagi belgi paydo bo`ladi.
Shoxlanishni yoqilishi testning quyidagi parametrlarini avtomatik o`chiradi:
Savolarni aralashtirish;
Testning ko`p savollilarini ko`rsatmaydi;
Javob berilmagan savollar bo`lsa xam testni tugatish;
Test tugatilgach barcha savollarni qayta ko`rib chiqish.
Savoldan shoxlanishni o`chirish uchun:
Ekranning chap qismidagi savollar ro`yxatidan kerakli savolni tanlang.
iSpring QuizMaker lentasining Уведомление guruxidan Ветвление parametrini tanlang va unda «Отключено» kattaligini o`rnating.
Ma`lumotlar slaydi
Ma`lumotlar slaydi testga qo`shimcha ma`lumotlar qo’shish imkonini beradi misol uchun: tushunchalar berish uchun kirish slaydi, noto`g`ri javoblarga izox berish va b.sh..
Ma`lumotlar slaydini qo`shish:
iSpring QuizMaker lentasidagi Инструменты guruxidan Пустой слайд tugmasiga cherting. Yangi savol tipi Ma`lumotlar salaydi savolar ro`yxatida paydo bo`ladi.
Salaydni sarlavxasi va tavsifini kiriting.
Kerak bo`lsa savolga media obektlar qo`shing.
Testga savolarni import qilish
Agar ikkita testni qo`shish yoki mavjud test asosida yangi test yaratishni eng sodda yo`li bu – import funktsiyasidan foydalanishdir.
Testga boshqa test faylidan savollarni import qilish uchun:
iSpring QuizMaker lentasidagi Импортировать tugmasiga cherting.
Xosil bo`lgan dialog oynasida *.quiz formatdagi test faylini tanlang.
Открыть tugmasiga cherting.
Tanlangan fayldagi savollar mavjud faylning savollar ro`yxatini oxiriga qo`shiladi. Agar import qilinayotgan faylda shoxlanish sozlangan bo`lsa uni parametrlari saqlanib qolmaydi.
|